QASHQADARYO VILOYATI DEHQONOBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin hamda favqulodda holatlarni oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2026-yilda davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin kelib chiqishining oldini olish, tabiatga va oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligining 2026-yil 26-martdagi 473-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi “Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha ayrim meʼyoriy hujjatlami tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 506-sonli qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2026-yilning yoz, kuz fasllarida davlat oʻrmon fondi yerlarida va qoʻshni fermer xoʻjaliklari hamda fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan oʻrmonlarda tamaki mahsulotlari chekish, ov qilish hamda gulxan yoqish qatʼiyan man qilinsin.
2. Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi boʻlimlarida yongʻinga qarshi kurash tadbirlari 1-ilovaga, favqulodda holatlarda yongʻinni oʻchirish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi (A. Nortojiyev), Oqbosh (M. Ibragimov), Konsoy (M. Subonov), Boshchorbogʻ (R. Berdiyev), Toʻrtkoʻl (S. Xurramov), Sargʻayota (B. Aliyev), Qizilsoy (Q. Rajabov), Duob (Z. Boboqulov), Goʻbalay (F. Yodgorov), Kon (Gʻ. Begimqulov) va Jangalsoy (A. Joʻrayev) oʻrmon boʻlimlari, “Oʻzbekiston” MFY (I. Allazov), “Qodir baxshi Rahimov” MFY (A. Egamshukurov), “Xoʻjamahmud” MFY (I. Sariyev), “Chilgaz” MFY (Sh. Norqulov), “Sarchashma” MFY (A. Bozorov), “Boshchorbogʻ” MFY (B. Annayev), “Chashmaimiron” MFY (B. Pardayev), “Chambil” MFY (O. Berdiyev), “Beshqoʻton” MFY (Sh. Bekkamov), “Mustaqillik” MFY (U. Safedov), “Oqtosh” MFY (D. Normurodov), “Gʻoʻroti” MFY (X. Xoʻjaqulov), “Duob” MFY (X. Aliqulov), “Oqmachit” MFY (T. Nurmanov), “Farovon” MFY (I. Toshboyev), “Terakli” MFY (E. Tojimurodov), “Oqrabot” MFY (R. Adinayev), “Torqopchugʻoy” MFY (A. Sattorov), “Oybek” MFY (A. Xoʻjaqulov), “Oqqishloq” MFY (S. Joʻrayev), “Beliboyli” MFY (N. Onorov), “Qoʻrgʻontosh” MFY (F. Safarov), “Kaltaminor” MFY (X. Umirov), “Yashnaobod” MFY (A. Bobonov), “Qoʻngʻirot” MFY (X. Qorabayev), “Yangi Oʻzbekiston” MFY (B. Menglimurodov) raislari yongʻin xavfini oldini olishning barcha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha masʼulligi belgilab qoʻyilsin.
4. Dehqonobod Davlat oʻrmon xoʻjaligi (A. Nortojiyev), Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (X. Azizov), tuman tibbiyot birlashmasi (A. Egamshukurov), “Oʻztelekom” AK Dehqonobod tuman filiali (J. Ibragimov), Oqbosh (M. Ibragimov), Konsoy (M. Subonov), Boshchorbogʼ (R. Berdiyev), Toʻrtkoʻl (S. Xurramov), Sargʻayota (B. Aliyev), Qizilsoy (Q. Rajabov), Duob (Z. Boboqulov), Goʻbalay (F. Yodgorov), Kon (Gʼ. Begimqulov) va Jangalsoy (A. Joʼrayev) oʻrmon boʻlimlari, “Oʻzbekiston” MFY (I. Allazov), “Qodir baxshi Rahimov” MFY (A. Egamshukurov), “Xoʻjamahmud” MFY (I. Sariyev), “Chilgaz” MFY (Sh. Norqulov), “Sarchashma” MFY (A. Bozorov), “Boshchorbogʻ” MFY (B. Annayev), “Chashmaimiron” MFY (B. Pardayev), “Chambil” MFY (O. Berdiyev), “Beshqoʻton” MFY (Sh. Bekkamov), “Mustaqillik” MFY (U. Safedov), “Oqtosh” MFY (D. Normurodov), “Gʻoʻroti” MFY (X. Xoʻjaqulov), “Duob” MFY (X. Aliqulov), “Oqmachit” MFY (T. Nurmanov), “Farovon” MFY (I. Toshboyev), “Terakli” MFY (E. Tojimurodov), “Oqrabot” MFY (R. Adinayev), “Torqopchugʻoy” MFY (A. Sattorov), “Oybek” MFY (A. Xoʻjaqulov), “Oqqishloq” MFY (S. Joʻrayev), “Beliboyli” MFY (N. Onorov), “Qoʻrgʻontosh” MFY (F. Safarov), “Kaltaminor” MFY (X. Umirov), “Yashnaobod” MFY (A. Bobonov), “Qoʻngʻirot” MFY (X. Qorabayev), “Yangi Oʻzbekiston” MFY (B. Menglimurodov) birgalikda davlat oʻrmon fondida yongʻin sodir boʻlganda tezda kechiktirmasdan yongʻinni oʻchirish uchun yetarli odamlarni jalb qilish va ularni asbob-uskunalar va oziq-ovqatlar bilan taʼminlash hamda tez tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
5. Dehqonobod Davlat oʻrmon xoʻjaligi (A. Nortojiyev), Dehqonobod tuman Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi (Oʻ. Joʻlliyev), tumandagi “Oʻzbekiston” MFY (I. Allazov), “Qodir baxshi Rahimov” MFY (A. Egamshukurov), “Xoʻjamahmud” MFY (I. Sariyev), “Chilgaz” MFY (Sh. Norqulov), “Sarchashma” MFY (A. Bozorov), “Boshchorbogʻ” MFY (B. Annayev), “Chashmaimiron” MFY (B. Pardayev), “Chambil” MFY (O. Berdiyev), “Beshqoʻton” MFY (Sh. Bekkamov), “Mustaqillik” MFY (U. Safedov), “Oqtosh” MFY (D. Normurodov), “Gʻoʻroti” MFY (X. Xoʻjaqulov), “Duob” MFY (X. Aliqulov), “Oqmachit” MFY (T. Nurmanov), “Farovon” MFY (I. Toshboyev), “Terakli” MFY (E. Tojimurodov), “Oqrabot” MFY (R. Adinayev), “Torqopchugʻoy” MFY (A. Sattorov), “Oybek” MFY (A. Xoʻjaqulov), “Oqqishloq” MFY (S. Joʻrayev), “Beliboyli” MFY (N. Onorov), “Qoʻrgʻontosh” MFY (F. Safarov), “Kaltaminor” MFY (X. Umirov), “Yashnaobod” MFY (A. Bobonov), “Qoʻngʻirot” MFY (X. Qorabayev), “Yangi Oʻzbekiston” MFY (B. Menglimurodov) raislari yongʻin xavfini oldini olishning barcha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha masʼulligi belgilab qoʻyilsin.
6. Dehqonobod Davlat oʻrmon xoʻjaligi (A. Nortojiyev), Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (X. Azizov), tuman tibbiyot birlashmasi (A. Egamshukurov),“Oʻztelekom” AK Dehqonobod tuman filiali (D. Abdumurodov), Oqbosh (M. Ibragimov), Konsoy (M. Subonov), Boshchorbogʼ (R. Berdiyev), Toʻrtkoʻl (S. Xurramov), Sargʻayota (B. Aliyev), Qizilsoy (Q. Rajabov), Duob (Z. Boboqulov), Goʻbalay (F. Yodgorov), Kon (G'. Begimqulov) va Jangalsoy (A. Joʼrayev) oʻrmon boʻlimlari, “Oʻzbekiston” MFY (I. Allazov), “Qodir baxshi Rahimov” MFY (A. Egamshukurov), “Xoʻjamahmud” MFY (I. Sariyev), “Chilgaz” MFY (Sh. Norqulov), “Sarchashma” MFY (A. Bozorov), “Boshchorbogʻ”MFY (B. Annayev), “Chashmaimiron” MFY (B. Pardayev), “Chambil” MFY (O. Berdiyev), “Beshqoʻton” MFY (Sh. Bekkamov), “Mustaqillik” MFY (U. Safedov), “Oqtosh” MFY (D. Normurodov), “Gʻoʻroti” MFY (X. Xoʻjaqulov), “Duob” MFY (X. Aliqulov), “Oqmachit” MFY (T. Nurmanov), “Farovon” MFY (I. Toshboyev), “Terakli” MFY (E. Tojimurodov), “Oqrabot” MFY (R. Adinayev), “Torqopchugʻoy” MFY (A. Sattorov), “Oybek” MFY (A. Xoʻjaqulov), “Oqqishloq” MFY (S. Joʻrayev), “Beliboyli” MFY (N. Onorov), “Qoʻrgʻontosh” MFY (F. Safarov), “Kaltaminor” MFY (X. Umirov), “Yashnaobod” MFY (A. Bobonov), “Qoʻngʻirot” MFY (X. Qorabayev), “Yangi Oʻzbekiston” MFY (B. Menglimurodov) raislari oʻrmon xoʻjaligi yer fondiga yaqin aholiga oʻrmon xoʻjaligi fondi yerlarida yongʻinni oldini olish boʻyicha tushuntirishishlarini olib borish hamda “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunlarini buzgan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib tegishli organlarga taqdim etish vazifalari topshirilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Dehqonobod tumani hokimining 2025-yil 22-maydagi 155-4-57-Q/25-sonli “Davlat oʻrmon fondi yerlarida yongʻin hamda favqulodda holatlarni oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Boyturayev zimmasiga yuklatilsin.
9. Qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tuman hokimi SH. SHOKIROV
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani,
2026-yil 21-may,
103-4-57-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.