ANDIJON VILOYATI PAXTAOBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Paxtaobod tumani umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan ortib ketishi kutilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarini biriktirilgan mikrohududdan bola qabul qilish toʻgʻrisida
2026-2027-oʻquv yilida oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan ortib ketgan maktablarning 1-sinfiga istisno tariqasida biriktirilgan mikrohududdan oʻquvchilarni qabul qilish tartibiga asosan 2026-2027-oʻquv yilida oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan ortib ketishi kutilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfiga oʻquvchilarni istisno tariqasida biriktirilgan mikrohududdan qabul qilish qoidalari, maktab binolaridan samarali foydalanish, oʻquvchilar sonini belgilangan sanitar meʼyorlari va qoidalariga muvofiqlashtirish, oʻquvchilarning munosib bilim olishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan ortib borayotgan, dars mashgʻulotlari ikki navbatda tashkil etilayotgan tumandagi maktablarga nisbatan tatbiq etilishi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomi va maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 2-martdagi 01/25-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 2-martdagi “Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilar soni quvvatiga nisbatan ortib ketishi kutilayotgan 46 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari 2 ta DIMI hamda 3 ta IDUM lar oʻzlariga biriktirilgan mikrohududdan bola qabul qilish toʻgʻrisida”gi 01/25-sonli xati inobatga olib maʼqullansin.
2. Tuman hududidagi 0 — 15 yoshli bolalarni umumtaʼlim oʻrta maktablari va mahalla fuqarolari yigʻinlari bilan hamkorlikda xatlovdan oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
3. Umumtaʼlim maktablarining hududlari mahalla fuqarolari yigʻinlari oʻramidan belgilangan jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (N. Xasanov), 46 ta umumtaʼlim maktablari 2 ta DIMI hamda 3 ta IDUM larning direktorlariga joriy oʻquv yilidagi (4-sinfni) tugatayotgan oʻquvchilar soni, kadrlar taʼminoti, yaʼni kelgusi oʻquv yilida 1-sinf rahbarligini olish imkoniyat mavjud boʻlgan oʻqituvchilar hamda oʻquv kabinetlar (boshlangʻich sinf xonalari)ning taqsimotini tahlil qilish;
7 yoshga toʻladigan bolalarning aniq roʻyxat asosida hisob-kitob qilib, 1-sinfga oʻquvchilarni faqat biriktirilgan mikrohududdan qabul qilish:
mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan hamqorlikda maktab yoshidagi bolalarni xatlovini oʻtkazish maqsadida tegishli koʻcha nomlarini aniq koʻrsatilgan holda roʻyxatini tayyorlash;
biriktirilgan hududdagi 0 — 15 yoshli bolalarni har yili mart va avgust oylarida xatlovga olish;
xatlov natijalarini tahlil qilib, maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga toʻliq jalb qilish vazifalari topshirilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Rustamov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi D. SATTAROV
Andijon viloyati, Paxtaobod tumani,
2026-yil 21-may,
297-1-25-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.