XALQ DEPUTATLARI MIRISHKOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Mirishkor tumani boʻyicha 2026-yil 1-apreldan 1-oktabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Mirishkor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 21-apreldagi 88-sonli xati bilan “Tumandagi hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini tasdiqlashni hamda “Mirishkor tuman suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan suv xoʻjaligida amalga oshirilgan ishlari boʻyicha hisobotini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Mirishkor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2026-yil 21-apreldagi 88-sonli xati hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi”ning 2026-yil 25-maydagi “Mirishkor tumani boʻyicha 2026-yil 1-apreldan 1-oktabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash hamda “Mirishkor tuman suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan suv xoʻjaligida amalga oshirilgan ishlari boʻyicha hisoboti toʻgʻrisida”gi DKQ03-04/75-26-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mirishkor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N. Elmurodovning Mirishkor tumani boʻyicha 2026-yil 1-apreldan 1-oktabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin va hududlar kesimida 1-ilovaga, fermer xoʻjaliklari kesimida 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirishkor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori N. Elmurodovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi аgrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga oʻz vaqtida taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (CH. Bekmurodov), bajarilishini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (SH. Aminov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SH. NORMUXAMMEDOV
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
2026-yil 25-may,
VII-19-67-4-63-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.