XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 13-apreldagi “Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish toʻgʻrisida” VII-23-59-4-0-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 13-apreldagi “Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish toʻgʻrisida” VII-23-59-4-0-K/26-sonli qarorining 10-bandidagi “Shahrisabz shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi ishlab chiqilganidan hamda avtobus yoʻnalishlari qatnovlari brutto shartnomasi asosida yoʻlga qoʻyilganidan soʻng, Shahrisabz shahrida avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklar bilan jihozlash chora-tadbirlari qonunchilikka muvofiq amalga oshirilsin” soʻzlari “Shahrisabz shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi ishlab chiqilganidan hamda avtobus yoʻnalishlari qatnovlari brutto-shartnomasi asosida yoʻlga qoʻyilganidan soʻng:
a) Shahrisabz shahridagiyoʻnalishlarda yoʻl kira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimi amaliyoti joriy etilsin.
b) Shahrisabz shahar hokimligi (Sh. Boʻriyev) bir oy muddatda, elektron chipta sotishning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarni Shahrisabz shahrida faoliyat koʻrsatayotgan avtobus yoʻnalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich oʻrnatish choralarini koʻrsin” soʻzlariga oʻzgartirilsin.
2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O. Ravshanov hamda bajarilishini taʼminlash viloyat hokimining oʻrinbosari M. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu qaror rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Kengash raisi I. XUSHMURODOVA
Qashqadaryo viloyati,
2026-yil 22-may,
VII-25-96-4-0-K/26-son