25.06.2026 yildagi VII-20-55-1-25-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI PAXTAOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Paxtaobod tumanidagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarini tartibga solish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 295-sonli qarori va Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 29-noyabrdagi 03/08-13507-sonli xulosa xatiga asosan, Paxtaobod tumanida jami 1536 ta koʻcha obyektini nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflardan 1469 ta koʻcha nomi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan. Shundan, 4 ta koʻcha geografik obyekt nomi “Geografik obyektlar nomlarining oʻzbek tilida yozilish” qoidalari asosida meʼyorlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxtaobod tumani hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi S. Bozorovning Paxtaobod tumanidagi koʻchalarni nomlash va qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 29-noyabrdagi 03/08-13507-sonli xulosa xatiga asosan, Paxtaobod tumanida jami 1469 ta koʻchalarining nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi S. Bozorov, tuman hokimining oʻrinbosarlari (I. Akramov, F. Xojimatov, R. Rustamov), Mahalla uyushmasi tuman boʻlimi (N. Xolmirzayev) hamda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman statistka boʻlimi (B. Arabboyev), Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiligining davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmasi Paxtaobod tuman filiali v.v.b (U. Sultonov), tuman Ichki ishlar boʻlimi (B. Baxramov), tuman Tibbiyot birlashmasi (Z. Ergashev)larga yangi va qayta nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi S. Bozarov hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari (I. Akramov, F. Xojimatov)lar masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. USMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Paxtaobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-55-1-25-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.