XALQ DEPUTATLARI KOSON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Koson tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan nooʻsuv davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqish boʻyicha takliflarini hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini shakllantirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (E. Sayfulov)ning takliflari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashini Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining DKQ 03-01/76-26-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Koson tumani suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha oʻsuv davri uchun suv olish limitlari boʻyicha takliflari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (E. Sayfulov) va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi (T. Mamatqulov)larga belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Koson tumani Kengashining 2025-yil 14-apreldagi “Tumanda suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi VII-9-86-4-60-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari T. Mamatqulov zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (Oʻ. Ravshanov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror Koson tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kunda kuchga kiradi.
Kengash raisi U. OCHILOV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2026-yil 11-iyun,
VII-25-115-4-60-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.