XALQ DEPUTATLARI QUMQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Tumandagi 60 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi koʻchalarni (tor, berk va shoh) toifalash orqali 1693 ta aniqlangan koʻchalarni nomlash hamda davlat reyestri bazasiga kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik-obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2020-yil 5-fevraldagi Surxondaryo viloyatida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun va qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 19-oktabrdagi 05-18-717-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 4-iyundagi 26/1-2848-sonli topshirigʻiga asosan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 28-martdagi 01-33/981-sonli bayoni hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2026-yil6-apreldagi 14-02/61-sonli bayoni boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 21-apreldagi 05-19-7210-sonli bayoni hamda eksport xulosasi koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- hamda 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi qaror qiladi
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 28-martdagi 01-33/981-sonli bayoni hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2026-yil 6-apreldagi 14-02/61-sonli bayoni boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 21-apreldagi 05-19-7210-sonli bayoni hamda eksport xulosasi olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi 60 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi toifalash (tor, berk va shoh) orqali aniqlangan 1694 ta koʻchalar nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
3. Davlat kadastrlar palatasi tuman boʻlimi (A. Tojiyev), tuman Mahalla boʻlimi boshligʻi (F. Xolturayev) toifalangan koʻchalarni raqamlash hamda hujjatlarni yuritilishida yangi nomlardan foydalanish choralarini koʻrsin.
4. Davlat kadastrlar palatasi tuman boʻlimi (A. Tojiyev) 10 ish kunida tumandagi barcha mahallarning yangi koʻcha nomlari tushurilgan elektron xaritasini yaratsin hamda mahalla uyushmasiga va tuman hokimligiga taqdim qilsin.
5. Tuman Mahalla boʻlimi boshligʻi (F. Xolturayev) barcha koʻcha nomlari tushurilgan mahalla xaritalarini mahalla binolariga oʻrnatishi tavfsiya etilsin.
6. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi kotibi (A. Norbayev) oʻn kun muddatda ushbu mahallaning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga davlat reyestriga kiritish uchun yuborishini taʼminlasin.
7. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (M. Amonturayev) fuqarolarining fuqarolik manzillari yuritilishida yangi nomlardan foydalanish tavfsiya etilsin.
8. Tuman hokimligi devonxona mudiri (B. Raxmonov) maskur qaror nusxalarini tegishli tartibda tuman Tibbiyot birlashmasi, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, tuman Statistika boʻlimi hamda boshqa manfatdor tashkilotlarga belgilangan tartibda qaror nusxalarini joʻnatsin.
9. Mazkur qaror “Qumqoʻrgʻon sadosi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalar boʻyich doimiy komissiyasi raisi (D. Shoimqulova) zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi U. XOSHIMOV
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani,
2026-yil 9-iyul,
VII-20-39-8-114-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.