XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil sugʻorish mavsumida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A. Tajiyevning axboroti atroflicha muhokama etilib, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Urganch tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2026-yilning yozgi sugʻorish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) 1, 2 va 3- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A. Tajiyevga:
5 kun muddatda:
suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnornalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Urganch tumani suv yetkazib berish xizmatlari davlat muassasasi (A. Tajiyev) hamda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi K. Nurjanov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi SH. XUDAYBERGANOV
Xorazm viloyati, Urganch tumani,
2026-yil 14-may,
VII-23-46-12-173-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.