14.05.2026 yildagi VII-16-40-1-27-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XOʻJAOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tumanida “Geografik obektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan geografik obektlarni nomlash, oʻzgartirish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2024-yil 16-dekabrdagi yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 05-19-15668-sonli xulosasi, “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning 2026-yil 03-fevraldagi yigʻilish bayoni, tuman hokimi J. Bozorboyevning Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida hamda tuman hokimining oʻrinbosari R. Egamberdiyevning 09.02.2026-yildagi 06-16-39-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni 10-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-,24-moddalariga asosan xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2024-yil 16-dekabrdagi yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi 05-19-15668-sonli xulosasi, Xoʻjaobod tuman hokimligi “Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi” raisining taklifi hamda mazkur komissiyaning 2026-yil 3-fevraldagi yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjaobod tuman hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning Respublika ekspert komissiyasining xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 1262 ta koʻcha nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali, tuman Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman davlat xizmatlari markazi va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 1262 ta koʻcha nomi boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjaobod tumani hokimining oʻrinbosari (R. Egamberdiyev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan koʻchalar va mahalla nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDSt texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy byudjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjaobod tuman Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (Z. Ergashev)ga 15 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 1262 ta koʻchalar nomlarni davlat reestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (S. Saydaliyev)ga mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va tuman hokimining oʻrinbosari A. Mirzaolimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi J. RASULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-40-1-27-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.