XALQ DEPUTATLARI PAXTAOBOD TUMANI KENGASHINING
qarori
Paxtaobod tumanida 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi, yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi, noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-Farmoni muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 03/41-4-28285-sonli xati hamda Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 27-05144-sonli xati orqali “Paxtaobod tumanida 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi, yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi, noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi loyihasi boʻyicha kiritgan taklifini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-Farmoni hamda Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 27-05144-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Paxtaobod tumanida 2026-yil uchun:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi mahallalar kesimida 1-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon hoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi mahallalar kesimida 2-ilovaga;
yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi 3-ilovaga;
noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-015-1-25-K/24-sonli qarorining 4 va 5-ilovalari hamda 2025-yil 23-apreldagi VII-4-40-1-25-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasi (B. Sobirov) tasdiqlangan soliq stavkalarini barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchilarning shahsiy kabineti orqali yetkazilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimligi matbuot xizmati (J. Sarimsaqov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirsin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (Usmonov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Akramov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi D. SATTAROV
Andijon viloyati, Paxtaobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-120-1-25-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.