XALQ DEPUTATLARI KO'KDALA TUMANI KENGASHINING
qarori
Koʻkdala tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 20-oktabrdagi 02-1518-sonli hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi 01/57-1-29242-sonli xatlarini inobatga olib, Xalq deputatlari Koʻkdala tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni hamda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori (kiyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Koʻkdala tumani mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari 108 mlrd. 117 mln. 291 ming soʻm va xarajatlari esa 108 mlrd. 117 mln. 291 ming soʻm ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi inobatga olinsin.
3. Quyidagilar:
Koʻkdala tumani 2026-yil uchun rivojlantirishning makroiqtisodiy prognoz koʻrsatgichlari 1-ilovaga;
Koʻkdala tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
Koʻkdala tuman mahalliy budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
Koʻkdala tumanida 2026-yil uchun umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlar hamda soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha belgilanadigan ajratma meʼyorlari 4-ilovaga;
4. Tuman budjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 5-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Tumanning tuman budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining 2026-yilda yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 800 mln. 863 ming. soʻm etib hamda 2026-yil uchun tuman budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
6. Tuman mahalliy budjeti zahira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 mlrd. 341 mln. 214 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda:
tuman mahalliy budjetining 2026-yil uchun zahira jamgʻarmalari tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish mablagʻlari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin.Bunda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tegishli tuman budjetining zahira jamgʻarmalari ushbu mexanizmlar joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmdan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi hamda qoʻshimcha mablagʻlarni shakllantirish tegishli yuqori turuvchi budjetlarning zahira jamgʻarmalari mablagʻlarini kamaytirish hisobidan amalga oshiriladi;
tuman mahalliy budjetining zahira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi Budjet kodeksining 73-moddasiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi taʼminlansin.
7. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 7-ilovaga;
jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 8-ilovaga;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 m2 uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar 9-ilovaga;
2026-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 10-ilovaga;
2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkasiga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 11-ilovaga;
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi mahalliy budjet prognozlarini inobatga olib, mazkur qarorning 7 va 8-ilovalariga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari E. Boboqulov, tuman soliq inspeksiyasi (S. Boboqulov) tuman hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Tuman hokimligi hamda barcha masʼul tashkilotlar 2026-yil uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish, tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash hamda budjet daromadlar baʼzasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.
10. Tuman soliq inspeksiyasi (S. Boboqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlardan kelib chiqib:
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini oʻrnatish;
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini taʼminlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
yer va mol-mulk soligʻining soliq baʼzasini oshirish, yaʼni xatlov ishlarini samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
11. Majburiy ijro byurosi Koʻkdala tuman boʻlimi (U. Nomozov), tuman soliq inspeksiyasi (S. Boboqulov) bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetga undirish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borsinlar hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
12. Koʻkdala tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (M. Ahmedov) va tuman soliq inspeksiyasi (S. Boboqulov) tumandagi maʼsul tashkilotlar bilan birgalikda tumanda sugʻorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga toʻliq undirib olish vazifasi yuklatilsin.
Bunda, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
13. Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (R.Temirov), adliya boʻlimi boshligʻi (Sh.Usmonov) tumanda budjetga hisoblangan boj, jarima va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻliq mahalliy budjetga undirish choralarini koʻrib borsinlar.
14. Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimligi hamda maʼsul tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 27 va 28-moddalarida belgilangan budjet sohasidagi vakolatlaridan kelib chiqib, budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
15. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari Koʻkdala tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
16. Tuman hokimligi Axborot xizmati (O. Xudoyberdiyev), Davlat soliq inspeksiyasi (S. Boboqulov), Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (I. Muhammadiyev) bilan birgalikda hokimlik muassisligidagi gazetalarda Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni eʼlon qilinishi hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini tashkil etsin.
17. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
18. Xalq deputatlari Koʻkdala tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi "Koʻkdala tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi VII-3-022-4-224-K/24-son qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
20. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari E.Boboqulov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. DJURAYEV
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-127-4-224-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.