10.07.2026 yildagi VII-16-46-8-118-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori 7-bandining ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan Uzun tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitlarini tasdiqlash masalasi xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasida koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandiga muvofiq har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri hamda 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar boʻyicha tasdiqlangan limitlar doirasida ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali va tejamkor foydalanish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning 7-bandiga muvofiq suv resurslarini taqsimlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish, suv isteʼmolchilarining masʼuliyatini oshirish, suv hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda suvdan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini taqsimlashda adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida suvdan foydalanuvchilar oʻrtasida yangi tartiblar joriy etilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv hisobini yuritish tizimi bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, zamonaviy suv oʻlchash uskunalari oʻrnatilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish boʻyicha nazorat kuchaytirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish kabi suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ishlari olib borilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va zamonaviy bilim hamda koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim hududlarda suv hisoblagich qurilmalarining yetarli darajada oʻrnatilmagani, irrigatsiya infratuzilmasining eskirgani hamda suvdan oqilona foydalanish madaniyati yetarli darajada shakllanmagani kabi muammolar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv hisobini toʻliq raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni yanada keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son qaroriga muvofiq tumanda mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish hamda ushbu texnologiyalarni keng tatbiq etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanning suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarini barqaror suv bilan taʼminlash maqsadida xoʻjaliklararo kanallar atrofida joylashgan, suv taʼminoti nisbatan barqaror boʻlgan fermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Uzun tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ekin turlari, suv manbalari, hududlar va yakuniy suv isteʼmolchilari kesimida 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlari ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori 7-bandining ijrosi yuzasidan Uzun tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari B. Roʻziyevning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uzun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari B. Roʻziyevning hisoboti hamda 2026-yil 26-martdagi 01/02-128-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda soxada amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uzun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari B. Roʻziyev va Uzun tumani hokimi oʻrinbosari Sh. Allaberdiyev tomonidan tasdiqlangan Uzun tumani hududidagi suv isteʼmolchilariga 2026-yil sugʻorish mavsumida ajratiladigan cheklangan suv miqdori jadvali ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari B. Roʻziyev zimmasiga Uzun tumani hududidagi suv isteʼmolchilari uchun 2026-yil sugʻorish mavsumida ajratiladigan cheklangan suv miqdori amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi hamda tuman Kengashiga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, suv isteʼmolchilariga suv olish navbati va vaqti boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish hamda brifinglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar kesimida aholining suvga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va kelgusidagi suv limitlarini belgilashda ushbu ehtiyojlarni inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvchilar maktablarini tashkil etish hamda suvchilarni oʻqitish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv isteʼmolchisi uchun gidropostlar oʻrnatilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan oqilona va tejamkor foydalanish madaniyatini shakllantirish, “Suv tekin emas” tamoyilini keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish ishlarini jadallashtirish hamda ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (Oʻ. Mingboyeva)ga Uzun tumani hududidagi suv isteʼmolchilari uchun 2026-yil sugʻorish mavsumida ajratilgan cheklangan suv miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B. Toshboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi D. SAFAROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-46-8-118-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.