23.07.2026 yildagi VII-19-60-1-21-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JALАQUDUQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Jalaquduq tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun nazarda tutilgan budjet parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 148-moddasiga, shuningdek Jalaquduq tuman hokimining birinchi o`rinbosari, iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A. Abdujabborovning 2026-yil 20-maydagi 26/02-34-son xatiga asosan, Jalaquduq tuman mahalliy budjetida 2026-yil uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlarini qayta taqsimlash boʻyicha takliflarini koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jalaquduq tuman hokimining birinchi o`rinbosari, iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A. Abdujabborovning 2026-yil 20-maydagi “Jalaquduq tumani mahalliy budjetining 2026-yil uchun tasdiqlangan parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 26/02-34-son xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jalaquduq tumani Mahalliy budjetida 2026-yil uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlarini qayta taqsimlash (oʻzgartirish) toʻgʻrisidagi takliflar mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdujabborov hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (O. Ashurov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning ilovasiga muvofiq koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun tuman hokimi farmoyishlari loyihalarini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va qonunchilik talablariga muvofiq foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin hamda iqtisod qilingan yoki foydalanilmagan mablagʻlarni mahalliy budjetga qaytarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (L. Mamajonov) mazkur qarorga muvofiq moliyalashtiriladigan xarajatlar boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilovaga muvofiq budjet mablagʻlarini oluvchi tashkilotlar raxbarlari ajratilgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va qonunchilik talablariga muvofiq foydalanilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi (E. Qurbonov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdujabborov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SH. XAITAXUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-60-1-21-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.