XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Boʻston tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-son Farmonining 1-bandiga muvofiq, Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” boʻyicha kiritgan takliflarini muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” boʻyicha kiritgan takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 4-dekabrdagi 16-05088-sonli xatida quyidagilar:
yer soligʻining amaldagi soliq stavkalari 2026-yilda 1,10 baravarga indeksasiya qilinishi kutilayotganligi;
Boʻston tumani uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yuridik shaxslarga 1 gektar uchun 31 460.0 ming soʻm va jismoniy shaxslarga 1 kv.m uchun 303,1 soʻm bazaviy soliq stavkasi belgilanishi koʻzda tutilganligi;
kelgusi yil bazaviy soliq stavkasiga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllashda keyingi yil mahalliy budjet daromadlari prognozidan kelib chiqish boʻyicha tavsiyalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” miqdorlarini belgilash boʻyicha tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining taklifi maʼqullansin.
4. 2026-yil uchun Boʻston tumani hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari yuridik shaxslar uchun 1-ilovaga, jismoniy shaxslar uchun 2-ilovaga, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatga nisbatan belgilangan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 4-ilovaga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) belgilangan bazaviy soliq stavkalari 5-ilovaga, yer qaridan foydalanilganlik uchun soliq stavkasi 6-ilovaga hamda suv soligʻi stavkasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, soliq idoralariga jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2026-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi;
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0.7 dan 3.0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi alohida koʻrsatib oʻtilsin.
5. Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi 1 hafta muddatda ushbu qarorning 1-2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0.7 dan 3.0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha muhokamalar oʻtkazib, joriy yilning 5-yanvarga qadar muhokamalar yakuni boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarni joylardagi soliq organlariga taqdim etsin.
Bunda, xalq deputatlari tuman Kengashiga ushbu qarorning 1-2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kelgusi yil uchun mahalliy budjet daromadlari prognozidan, tumanda iqtisodiy faollikning tiklanganligi hamda aholi va tadbirkorlarning daromadlari barqarorlashganligidan kelib chiqqan holda qoʻllashlari tavsiya etilsin.
6. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi (R. Ashur-oxunov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Shamsutdinov) yer soligʻi boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarini 10-yanvarga qadar barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali etkazilishini taʼminlasin.
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (M. Ochildinova) mazkur qarorni tuman hokimligining ijtimoyi tarmogʻida eʼlon qilinishi hamda rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Mamarizayev) zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi S. NOSIROVA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-172-1-19-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.