XALQ DEPUTATLARI OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Oltinko`l tumani bo`yicha qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 422, 429, 437 va 445-moddalari va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig`ini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PF-6121-son Farmonining 1-bandiga hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-sonli “Andijon viloyati bo`yicha qishloq xo`jaligiga
mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oltinko`l tuman davlat soliq inspeksiyasining “Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” bo`yicha kiritgan takliflarini muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hamda Davlat soliq qo`mitasining 2022-yil 9-dekabrdagi 06/04-34/4103-sonli, viloyat soliq boshqarmasining 2022-yil 19-dekabrdagi 19/10-103835-sonli xati hamda xalq deputatlar Andijon viloyat Kengashining 2025 yil 26 dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-son qarori “Andijon viloyati bo`yicha qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida”gi qarori asos uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan:
Soliq idoralariga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2025-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi;
Xalq deputatlari tuman Kengashiga belgilangan yer solig`i stavkalariga qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun, tuman hududida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko`cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi alohida ko`rsatib o`tilganligi;
Oltinko`l tumanida yuridik shaxslar uchun qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar bo`yicha bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutloq o`lchamda 36.300.000 so`m;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i (bundan dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan yerlar mustasno) bazaviy soliq stavkasi 1 kv.m. uchun mutloq o`lchamda 380,00 so`m miqdorida belgilanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. “Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” miqdorlarini belgilash bo`yicha tuman iqtisodyot va moliya bo`limi hamda tuman soliq inspeksiyasining taklifi ma`qullansin.
4. Oltinko`l tumani boʻyicha bazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oltinko`l tumani iqtisodyot va moliya bo`limi (B. Yulchiyev) hamda Oltinko`l tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i (B. Ummatqulov)larga;
a) yer solig`i bo`yicha tasdiqlangan soliq stavkalarini 2026-yil 25-yanvarga qadar barcha soliq to`lovchilarning shaxsiy kabineti orqali yetkazilishini;
b) O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib, soliqlarning to`liq va to`g`ri hisoblanishini hamda o`z vaqtida byudjetga undirilishini nazoratga olib borishni ta`minlasinlar.
6.Oltinko`l tuman hokimligi matbuot xizmati (J. Raximov)larga mazkur qarorni matbuot hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror bilan belgilangan soliq stavkalari 2026-yil 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi (X. Asranov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi O. RASULOV
Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-11-105-1-15-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.