XALQ DEPUTATLARI PAXTAOBOD TUMANI KENGASHINING
qarori
Paxtaobod tumanida 2025-yil uchun belgilangan tuman mahalliy byudjetining 4-choragida sifatli ijro etilishini va mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27, 148-moddalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining viloyat mahalliy byudjetiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnomalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24- moddalariga asosan, xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Paxtaobod tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 7-yanvar kungi 2-sonli xati asos uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy byudjetining xarajatlar qismiga viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasining 2025-yil 3, 6, 10, 13, 14, 16, 24-oktabr kungi 1091, 1105, 1122, 1138, 1154, 1168, 1183, 1205, 1236, 1263-sonli, 11, 17, 19, 21-noyabr kungi 1270, 1289, 1305, 1315, 1332, 1349-sonli hamda 2, 3, 4, 9, 11, 15, 16, 17, 22, 24-dekabr kungi 1372, 1388, 1416, 1402, 1426, 1442, 1458, 1490, 1474, 1504, 1512, 1529, 1545, 1559, 1575, 1583-sonli bildirishnomalariga asosan mahalliy byudjetdan mablagʻ oluvchi byudjet tashkilotlarining xarajatlariga kiritilgan oʻzgarishlar 1-ilovaga;
Mahalliy byudjetdan mablagʻ oluvchi byudjet tashkilotlarining aloqa xatlariga asosan 2025-yil 4-chorakda byudjet tashkilotlarining xarajatlariga kiritilgan oʻzgarishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (J. Faxriddinov) mahalliy byudjetga kiritilgan oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda tegishli byudjet muassasalariga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I. Akramov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi A. MADUMAROV
Andijon viloyati, Paxtaobod tumani,
2026-yil 13-fevral,
VII-16-17-1-25-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.