XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabr kungi VII-16-172-1-19-K/25-sonli qarorining 1 va 2-ilovalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-287-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman soliq inspeksiyasining 16-00018-sonli xatini inobatga olib hamda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi “Andijon viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-15-297-1-0-K/25-sonli qaroriga asosan, Boʻston tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning 2026-yil uchun soliq stavkalarini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, хalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi “Andijon viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-15-297-1-0-K/25-sonli qarori asos va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Boʻston tumani soliq inspeksiyasining 16-00018-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabr kungi VII-16-172-1-19-K/25-sonli qarorining 1 va 2-ilovalari bekor qilinsin.
4. Tuman soliq inspeksiyasining 2026-yil uchun Boʻston tumani hududida yuridik hamda jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
5. 2026-yil uchun Boʻston tumani hududida yuridik hamda jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarga muvofiq qoʻllanilishi lozim boʻlgan soliq stavkalari 1 hamda 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashi 1 hafta muddatda ushbu qarorning 1-2-ilovalariga asosan 2026-yil uchun Boʻston tumani hududida yuridik hamda jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini qoʻllash boʻyicha muhokamalar oʻtkazib, joriy yilning 5-fevraliga qadar muhokamalar yakuni boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarni joylardagi soliq organlariga taqdim etish tavsiya etilsin.
7. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi (R. Ashuroxunov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Shamsutdinov) yuridik hamda jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar soligʻi boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarini 10-fevralga qadar barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali etkazilishini taʼminlasin.
8. Tuman hokimligi matbuot xizmati (M. Ochildinova) mazkur qaror tuman hokimligining ijtimoyi tarmogʻida eʼlon qilinishi hamda rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Mamarizayev) zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi M. TUYCHIYEVA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2026-yil 2-fevral,
VII-18-3-1-19-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.