08.09.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Serbiya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma deklaratsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama aloqalarning mustahkamligi va faolligini hamda yaqin va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilishni eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻstlik, sheriklik, suveren tenglik, oʻzaro hurmat va ishonchga hamda turli sohalardagi manfaatlarining uygʻunligiga asoslangan munosabatlaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga hamda xalqaro huquqning prinsip va normalariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birlarining mustaqilligi, suvereniteti va xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini qayta tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tomonlamalikni hamda xalqaro koʻp tomonlama tizimning oʻzagi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi islohotlarini ilgari surish zarurligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklar kabi umumiy asosiy qadriyatlarni ragʻbatlantirish va himoya qilishga sodiqligini qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu jumladan, ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish muhimligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarning uzoq muddatli istiqbolida oʻzaro anglashuv hamda oʻzaro hurmat, ishonch va doʻstlik muhitini ragʻbatlantirishda madaniy diplomatiyaning rolini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkam, barqaror va chuqurlashib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni hamda strategik sheriklikni oʻrnatishga boʻlgan qoʻshma intilishni tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar munosabatlarni quyidagi sohalarda strategik sheriklik munosabatlari darajasiga koʻtarishga qatʼiy qaror qilganliklarini taʼkidladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Siyosiy, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar strategik sheriklar sifatida bir-birining mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydilar, shuningdek, Tomonlardan birining manfaatlariga taʼsir koʻrsatishi va/yoki ikki davlatning strategik sherikligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday harakatlardan tiyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro yuqori darajadagi tashriflar dinamikasini va oʻz strategik manfaatlariga asoslangan muntazam yuqori darajadagi muloqotni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning butun koʻlamini koʻrib chiqish va kelgusi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini oʻrganish, shuningdek, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish borasida muhim mexanizm sifatida tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni jadallashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga, shu jumladan, qurol-yarogʻlarning noqonuniy aylanmasi, jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirish, odam savdosi, noqonuniy migratsiya hamda umumiy tashvish uygʻotadigan boshqa xavfsizlik tahdidlari va chaqiriqlariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik tamoyiliga hamda Tomonlarning milliy qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq xavfsizlik siyosati sohasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tashqi siyosat va xavfsizlik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ekspert tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni yaqinlashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro hamjamiyatning bu boradagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida uchinchi mamlakatlarda xalqaro gumanitar yordam va rivojlanishga koʻmaklashish sohalarida hamkorlik asosini yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar spikerlar, qoʻmitalar, doʻstlik guruhlari va boshqa parlament vakillarining muntazam oʻzaro tashriflari va uchrashuvlari orqali ham ikki tomonlama, ham xalqaro va mintaqaviy parlament platformalari doirasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va qishloq xoʻjaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar strategik sheriklik maqsadlariga erishish uchun iqtisodiy va savdo munosabatlarini yanada kuchaytiradilar va diversifikatsiya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtirish va ragʻbatlantirishga qaratilgan muhim mexanizm sifatida Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Serbiya qoʻshma komissiyasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻshma komissiya” deb ataluvchi) faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar savdo almashinuvi va oʻzaro investitsiyalarni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini oʻrganadilar, shuningdek, ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning muhim tarmoqlari sifatida savdo va investitsiyalarni yanada ragʻbatlantirish uchun huquqiy asosni mustahkamlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha barcha mavjud imkoniyatlarni ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning muhim asosi sifatida energetika sohasidagi hamkorlikning rivojlanishini yanada mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm, savdo va madaniy almashinuvni jadallashtirish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini baholaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Serbiyalik investorlarning, xususan, yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchilarning, Oʻzbekistonning erkin iqtisodiy zonalarida oʻz bizneslarini tashkil etishlarini koʻrib chiqishga taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serbiya Oʻzbekiston kompaniyalarini Serbiyadagi qulay investitsiya imkoniyatlarini oʻrganishga va har ikki mamlakatning oʻzaro manfaatlariga mos keladigan tarmoqlarda oʻz biznesini tashkil etishga taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki mamlakatdagi kichik va oʻrta korxonalar, iqtisodiy zonalar, savdo-sanoat palatalari va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki mamlakat kompaniyalarini Oʻzbekiston va Serbiyada oʻtkaziladigan savdo yarmarkalari, koʻrgazmalar va biznes-forumlarda faol ishtirok etishga taklif qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar uchinchi mamlakatlardagi infratuzilma loyihalarida birgalikda ishtirok etish imkoniyatlarini oʻrganadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻrta koridorning global taʼminot zanjirining muhim qismi sifatidagi ortib borayotgan ahamiyatini eʼtirof etgan holda, oʻz hududlari orqali Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi tovar oqimlari uchun transport yoʻnalishlarini oʻrganadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro savdo hajmini oshirish va uning doirasini kengaytirish istagini bildirdilar. Ular, shuningdek, Serbiyadan Oʻzbekistonga uskunalar va ilgʻor texnologiyalar yetkazib berishni koʻpaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni, shu jumladan, iqlim oʻzgarishi muammolarini hal etish, barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirish va tabiiy resurslarni muhofaza qilish boʻyicha tashabbuslarni mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar suv xoʻjaligi sohasida, shu jumladan, suv resurslarini boshqarish, ularni asrash va samarali foydalanish boʻyicha tajriba va ilgʻor amaliyotlar almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv va xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish maqsadida turizmni targʻib qilish va madaniy almashinuv sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Taʼlim, fan, madaniyat va xalqlar oʻrtasidagi aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki mamlakat aholisining xabardorligini oshirish maqsadida madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaydilar va kuchaytiradilar hamda xalqlar oʻrtasidagi aloqalarni hamda shaharlar va hududlar, shuningdek, maktablar va universitetlar oʻrtasidagi sheriklik loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning uzoq muddatli istiqbollariga ega, innovatsiyalarga yoʻnaltirilgan yondashuv orqali fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlarining hududida madaniy va til sohasiga oid faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida hamkorlikni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar harakat rejalari va dasturlarni qabul qilish orqali taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytiradilar hamda talabalar, doktorantlar va akademik xodimlar uchun almashinuv dasturlarini, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi seminarlar va qoʻshma diplom dasturlarini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kasb-hunar taʼlimi va oʻqitish tizimlarining islohotlari va modernizatsiyasi toʻgʻrisidagi axborot bilan almashadilar hamda maktabdan keyingi taʼlimdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro qiziqish bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarni samarali bartaraf etuvchi Xavfsizlik Kengashida teng va yanada adolatli geografik vakillikni taʼminlashga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga alohida eʼtibor qaratgan holda, isloh qilingan, faollashtirilgan va mustahkamlangan koʻp tomonlama tizimni ilgari surishni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik va oʻzaro manfaatli qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga hamda BMT Nizomi va xalqaro huquqning boshqa asosiy normalariga asoslangan qonuniy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Serbiya YUNESKO doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serbiya tomoni Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi hamda mintaqaviy subyektlilikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ahamiyatini alohida taʼkidlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida pozitsiyalarni muhokama qilish va muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning, shu jumladan, BMT, YEXHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalarning saylov organlariga nomzodlarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻshma deklaratsiya boshqa biror davlatga yoki davlatlar guruhiga qarshi qaratilmagan hamda Tomonlarning oʻzlari ishtirokchisi boTgan xalqaro ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitimlar boʻyicha huquq va/yoki majburiyatlariga, shu jumladan, Serbiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga integratsiyasi jarayonidan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgrad shahrida, 2026-yil 8-sentabrda, ikki asl nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)