02.02.2015 yildagi 0317-15-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida chiqindilarni yigʻish, saqlash va utilizatsiya qilish boʻyicha sanitariya qoidalari va normalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu sanitariya qoidalari va normalari (bundan keyin sanitariya qoidalari deb yuritiladi) davolash-profilaktika muassasalari (DPM) chiqindilarining barcha turlarini yigʻish, saqlash, qayta ishlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu sanitariya qoidalari va normalari tibbiy chiqindilar bilan ish olib boruvchi fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DPM chiqindilari deganda quyidagi joylarda hosil boʻladigan barcha turdagi chiqindilar tushuniladi: kasalxonalar (respublika, shahar, klinik, ixtisoslashtirilgan, idoraviy, ilmiy-tadqiqot va oʻquv institutlari tarkibidagi); poliklinikalar (shu jumladan kattalar, bolalar, stomatologiya); dispanserlar; tez tibbiy yordam stansiyalari; qon quyish stansiyalari; bemorlarni uzoq muddat parvarish qilish muassasalari; tibbiyot yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oʻquv muassasalari; veterinariya shifoxonalari; dorixonalar; farmatsevtika korxonalari; sogʻlomlashtirish muassasalari (sanatoriylar, profilaktoriylar, dam olish uylari, pansionatlar); sanitariya-profilaktika muassasalari; sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalari; tibbiyot laboratoriyalari (shu jumladan anatomik, patologoanatomik, biokimyoviy, mikrobiologik, fiziologik); tibbiy yordam koʻrsatuvchi xususiy muassasalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiy chiqindilar (epidemiologik jihatdan xavfli) — atrof-muhitga zararli kimyoviy, biologik va kimyoviy-biologik preparatlar hamda elementlarning tushish manbai boʻlib, ular tarkibida patogen mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari mavjud, shuningdek zaharli va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xavf guruhiga davolash-profilaktika muassasalari xodimlari, bemorlar va chiqindilarni tashish hamda keyinchalik zararsizlantirish uchun masʼul shaxslar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfli chiqindilar — bu qattiq va suyuq chiqindilar yoki ularning aralashmasi boʻlib, ularning tabiati, tarkibidagi kimyoviy yoki yuqumli komponentlarning konsentratsiyasi, shuningdek fizik omillari tufayli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim koʻrsatkichlarining oshishiga yoki jiddiy va qaytarilmas kasalliklar, shuningdek nogironlikka olib keladigan kasalliklar sonining koʻpayishiga sabab boʻlishi (yoki sezilarli darajada hissa qoʻshishi) mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri ishlov berish, saqlash, tashish, yoʻq qilish yoki qayta ishlash natijasida hozirgi vaqtda yoki kelajakda inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun potensial xavf tugʻdirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli chiqindilar, zaharli va radioaktiv komponentlar, kam oʻzgargan anatomik chiqindilar hisobiga shakllanib, ijtimoiy va estetik-axloqiy sabablarga koʻra xavf tugʻdiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu sanitariya qoidalari tibbiyot va/yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish, davolash-tashxis qoʻyish va sogʻlomlashtirish tartib-taomillarini bajarish jarayonida tashkilotlarda hosil boʻladigan chiqindilar bilan ishlashga (toʻplash, vaqtincha saqlash, zararsizlantirish, yoʻq qilish, tashish) doir majburiy sanitariya-epidemiologiya talablarini, shuningdek tibbiyot chiqindilari bilan ishlash uchastkasidagi jihozlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga hamda tibbiyot chiqindilari bilan ishlashda sanitariya-epidemiyaga qarshi ish tartibiga doir talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu sanitariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiy chiqindilarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davolash-profilaktika muassasalari, ularning profili va yotoq oʻrinlari sonidan qatʼi nazar, oʻz faoliyati natijasida fraksion tarkibi va xavflilik darajasi boʻyicha turli xil chiqindilarni hosil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiyot chiqindilari epidemiologik, toksikologik va radiatsion xavflilik darajasiga, shuningdek atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishiga qarab beshta xavflilik sinfiga boʻlinadi (jadvalga qarang).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fizik usullar yordamida zararsizlantirilgandan va chiqindilarning tashqi koʻrinishi ularni qayta ishlatish imkoniyatini istisno qiladigan tarzda oʻzgartirilgandan soʻng, B va V sinf chiqindilarni toʻplash, vaqtincha saqlash, tashish, yoʻq qilish va A sinf chiqindilari bilan birga koʻmish mumkin. B va V sinf zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilar oʻrami chiqindilarning zararsizlantirilganligini koʻrsatuvchi belgi bilan tamgʻalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy chiqindilar uchun paketlar sinflari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A sinfi — oq rangli paketlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B sinfi — sariq rangli paketlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V sinfi — toʻq sariq rangli paketlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G sinfi — qora rangli paketlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D sinfi — jigarrang paketlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavflilik sinfi

Chiqindilarning morfologik tarkibi tavsifi

1.

A sinf — xavfsiz

xavfsiz chiqindilar — bemorlarning biologik suyuqliklari, yuqumli kasalliklar bilan aloqada boʻlmagan; zaharli boʻlmagan chiqindilar — yuqumli (shu jumladan teri-tanosil), sil kasalliklari boʻlimlaridan tashqari, davolash-profilaktika muassasalarining barcha boʻlimlarining oziq-ovqat chiqindilari; tarkibida zaharli elementlar boʻlmagan mebel, jihozlar va nosoz diagnostika uskunalari; yuqumli boʻlmagan qogʻoz, supurindi, qurilish chiqindilari va hokazo

2.

B sinf — xavfli

(xatarli)

xavfli (xatarli) chiqindilar — potensial yuqumli chiqindilar: biologik suyuqliklar (shu jumladan qon, bemorlarning ajralmalari) bilan ifloslangan materiallar va asboblar, patologik-anatomik chiqindilar; organik jarrohlik chiqindilari (aʼzolar, toʻqimalar va boshqalar); yuqumli boʻlimlardan chiqqan chiqindilar (shu jumladan oziq-ovqat); 3-4-guruh patogenlik darajasidagi mikroorganizmlar bilan ishlaydigan mikrobiologik laboratoriyalarning chiqindilari; vivariylarning biologik chiqindilari

3.

V sinf — oʻta xavfli

oʻta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar bilan aloqada boʻlgan barcha materiallar; 1-2 guruh patogenlik mikroorganizmlar bilan ishlaydigan mikrobiologik laboratoriyalardan chiqadigan chiqindilar; sil kasalligi boʻlimlaridan chiqadigan chiqindilar; anaerob infeksiya bilan ogʻrigan bemorlardan chiqadigan chiqindilar

4.

G sinfi — tarkibi jihatidan sanoat chiqindilariga yaqin boʻlgan chiqindilar

yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari; dori va diagnostika preparatlarining chiqindilari; ishlatib boʻlmaydigan, yaroqlilik muddati oʻtgan dezinfeksiya vositalari; sitostatiklar va boshqa kimyoviy preparatlar; tarkibida simob mavjud boʻlgan buyumlar, asboblar va uskunalar

5.

D sinfi — radioaktiv chiqindilar

radiatsiyaviy xavfsizlik meʼyorlarida belgilangan ruxsat etilgan darajadan yuqori miqdorda radionukleidlar mavjud boʻlgan har qanday agregat holatidagi radioaktiv komponentlarni oʻz ichiga olgan barcha turdagi chiqindilar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiyot chiqindilari bilan muomala qilish tizimini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiyot chiqindilarini yigʻish, tashish, vaqtincha saqlash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ichida chiqindilarni yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boʻlinmalardan koʻchirish va ularni chiqindi hosil qiluvchi tashkilot hududida vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi hosil qiluvchi tashkilot hududidan chiqindilarni tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi hosil qiluvchi obyektni dezaktivatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilarni yakuniy yoʻq qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashmagan tizim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va (yoki) farmatsevtik faoliyat yurituvchi tashkilotlarda chiqindilarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boʻlimlardan chiqindi hosil qiluvchi tashkilot hududidagi vaqtinchalik saqlash omboriga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash-profilaktika muassasasi hududida vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy chiqindilarga ishlov berish/zararsizlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki zararsizlantirilgan chiqindilarni yakuniy yoʻq qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan tizim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va (yoki) farmatsevtik faoliyat yurituvchi tashkilotlarda chiqindilarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boʻlimlardan chiqindi hosil qiluvchi tashkilot hududidagi vaqtinchalik saqlash omboriga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash-profilaktika muassasasi hududida vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi kompaniya tomonidan tibbiy chiqindilarni yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy chiqindilarga tashqi markazlashtirilgan ishlov berish / zararsizlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirilgan chiqindilarni qayta ishlash yoki yakuniy yoʻq qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tibbiy va (yoki) farmatsevtik faoliyat yurituvchi tashkilot rahbari tomonidan yoʻriqnoma tasdiqlanadi. Unda masʼul xodimlar va ushbu tashkilotda tibbiy chiqindilar bilan ishlash tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turli sinflarga mansub chiqindilarni umumiy idishda aralashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chiqindilarni hosil boʻlish joylaridan vaqtinchalik saqlash va (yoki) zararsizlantirish joylariga koʻchirish, koʻp marta foydalaniladigan konteynerlarni tushirish va yuklash jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim (aravachalar, liftlar, koʻtargichlar, avtokarlar va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiy chiqindilar bilan ishlaydigan shaxslar tibbiy chiqindilarni xavfsiz boshqarish boʻyicha dastlabki va davriy yoʻriqnomadan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chiqindilarni toʻplash, vaqtincha saqlash va olib chiqish tibbiy va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotda qabul qilingan tibbiy chiqindilarni boshqarish sxemasiga muvofiq bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sxema sanitariya qoidalari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiy chiqindilarni boshqarish sxemasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil boʻladigan tibbiy chiqindilarning sifat va miqdor tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada ishlab chiqilgan va qabul qilingan tibbiy chiqindilar hosil boʻlish meʼyorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B sinfidagi tibbiy chiqindilarning xavfsizlik texnikasi talablariga koʻra, tibbiy chiqindilarni yigʻish uchun sarflanadigan materiallar va idishlarga boʻlgan ehtiyoj, smenada 1 marta, lekin 8 soat ichida kamida 1 marta majburiy almashtirilishi kerak. Oʻtkir chiqindilar uchun konteynerlar 3/4 qismidan ortiq toʻldirilmaganda almashtiriladi; operatsiya zallarida — har bir operatsiyadan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy chiqindilarni yigʻish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash (toʻplash) tartibi va joylari, ularni olib chiqish chastotasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish va yoʻq qilish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar hajmini hujjatlashtirish va favqulodda vaziyatlarni hisobga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqning butunligi buzilganda (tibbiy chiqindilar sochilib ketganda, toʻkilganda) xodimlarning harakat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy chiqindilar bilan muomala qilishda epidemiologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha xodimlarni gigiyenik oʻqitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hududidan chiqindilarni tashish, ushbu maʼmuriy hududni sanitariya jihatidan tozalashning yagona markazlashtirilgan tizimini hisobga olgan holda, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning transportida keyinchalik zararsizlantirish va tibbiy chiqindilarni joylashtirish maskaniga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy chiqindilarni yigʻishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida xodimlar profilaktik emlashlarning milliy va mintaqaviy taqvimiga muvofiq, shu jumladan virusli gepatit B ga qarshi emlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodimlar mavjud xavf darajasiga muvofiq maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari (xalatlar, kombinezonlar, qoʻlqoplar, niqoblar, respiratorlar, himoya koʻzoynaklari, maxsus poyabzal, fartuklar, yeng qoplamalari va boshqalar) bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shaxsiy kiyimlar va maxsus kiyimlar alohida-alohida shkaflarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kiyimlarni yuvish markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Uy sharoitida maxsus kiyimlarni yuvish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. A toifadagi chiqindilarni yigʻish koʻp marta ishlatiladigan idishlarda yoki bir martalik paketlarda amalga oshiriladi. A sinf chiqindilari uchun paketlarning rangi oq boʻlishi kerak. Qora rangli paketlardan foydalanishga ham ruxsat etiladi. Bir martalik paketlar maxsus aravachalarga yoki koʻp martalik konteynerlarga joylashtiriladi. Chiqindi toʻplash idishlari va aravachalar “Chiqindilar. A sinf” deb belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻldirilgan koʻp martalik idishlar yoki bir martalik paketlar kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yetkaziladi va maxsus maydonchaga (xonaga) oʻrnatilgan, ushbu turdagi chiqindilarni toʻplash uchun belgilangan markirovka qilingan konteynerlarga ortiladi. Koʻp martalik idishlar boʻshatilgandan soʻng yuvish va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Koʻp martalik idishlarni yuvish va dezinfeksiya qilish tartibi har bir tashkilotda chiqindilar bilan ishlash sxemasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. A sinfiga mansub chiqindilarni tashish, mazkur hudud uchun qabul qilingan sanitariya tozalash sxemasini hisobga olgan holda, aholi punktlari hududlarini saqlash hamda ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari bilan ishlashga oid sanitariya qonunchiligi talablariga (OʻzR SanQvaN) muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida koʻmish uchun olib chiqishga moʻljallangan oziq-ovqat chiqindilari bir martalik oʻramda koʻp martalik konteynerlarga vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus ajratilgan sovutish uskunasi mavjud boʻlmagan hollarda oziq-ovqat chiqindilarini 24 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga vaqtinchalik saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Chiqindi quvurlari (oshxonaning oziq-ovqat chiqindilari uchun, agar mavjud boʻlsa) va pnevmotransportning konstruksiyasi, materiallari va tuzilishi ularni tozalash, yuvish, dezinfeksiya qilish va chiqindi yigʻish kameralaridan chiqindilarni mexanizatsiyalashtirilgan tarzda olib tashlash imkoniyatini taʼminlashi lozim. Axlat yigʻish kameralari konteynerlar, suv taʼminoti va kanalizatsiya traplari bilan jihozlanadi. Axlat quvuridan (pnevmotransportdan) chiqindilarni bevosita axlat qabul qilish kamerasining poliga tashlash man etiladi. Chiqindilarni qabul qilish kamerasi uchun kamida bir sutkalik konteynerlar zaxirasi taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Konteynerlar har safar boʻshatilgandan soʻng yuviladi va haftada kamida bir marta dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Quvurlar, qabul qilish qurilmalari va axlat yigʻish kameralarining ichki qismlarini tozalash har hafta amalga oshiriladi. Profilaktik dezinfeksiya va dezinseksiya oyiga kamida bir marta, deratizatsiya esa zarurat tugʻilganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. B sinfga mansub chiqindilar albatta zararsizlantirilishi (dezinfeksiya qilinishi) shart. Zararsizlantirish usulini tanlash tibbiy va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning imkoniyatlariga bogʻliq boʻlib, tibbiy chiqindilar bilan ishlash sxemasini ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotda B sinfga mansub chiqindilarni zararsizlantirish uchun uskunalar yoki maʼmuriy hududda qabul qilingan tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirishning markazlashtirilgan tizimi mavjud boʻlmagan hollarda, B sinfga mansub chiqindilar ushbu tashkilot xodimlari tomonidan ular hosil boʻlgan joylarda kimyoviy va fizik usullar yordamida zararsizlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. B sinfiga mansub chiqindilar sariq rangli yoki sariq markirovkali bir martalik plastik paketlarga (xaltalarga) yoki qattiq (teshilmaydigan) oʻramlarga (konteynerlarga) yigʻiladi. Oʻram tanlovi chiqindilarning morfologik tarkibiga bogʻliq. PVXdan tayyorlangan plastik paketlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. B sinfdagi oʻtkir chiqindilarni yigʻish uchun bir martalik teshilmaydigan, namga chidamli idishlar (konteynerlar) ishlatilishi shart. Idish oʻz-oʻzidan ochilishini istisno qiladigan zich yopiladigan qopqoqqa ega boʻlishi kerak. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan xavfsiz utilizatsiya qutilari (XUQ) va shu maqsadlar uchun moʻljallangan boshqa idishlardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. B sinfga mansub organik, suyuq chiqindilarni toʻplash uchun ularning germetikligini taʼminlaydigan va oʻz-oʻzidan ochilishini istisno etadigan qopqoqli, teshilmaydigan, namga chidamli idishlar (konteynerlar) qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotda zararsizlantirish usullari qoʻllanilganda, ish joylarida B sinfga mansub chiqindilarni qismlarga ajratilmagan holda umumiy idishlarga (konteynerlar, paketlar) yigʻishga ruxsat etiladi. Bunda ignalarni oldindan ajratish kerak (buning uchun igna yechgichlar, igna yoʻq qilgichlar, igna kesgichlar ishlatilishi lozim), qoʻlqoplar, bogʻlov materiallari va boshqalarni ham alohida yigʻish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. B sinfga mansub chiqindilarni yigʻish uchun moʻljallangan yumshoq oʻramlar (bir martalik paketlar) maxsus ustun-aravachalarga yoki konteynerlarga mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Paket 3/4 qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻldirilgandan soʻng, ushbu tibbiy boʻlinmada chiqindilarni yigʻish uchun masʼul xodim paketni bogʻlaydi yoki uni B sinfidagi chiqindilarning toʻkilishini oldini oladigan birkalar yoki boshqa moslamalar yordamida yopadi. Qattiq (teshilmaydigan) idishlar qopqoqlar bilan yopiladi. B sinfga mansub chiqindilarni boʻlinmadan tashqarida ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. B sinfga mansub chiqindilarni boʻlinmadan (tashkilotdan) chiqarib tashlash uchun yakuniy qadoqlashda, B sinfga mansub chiqindilar solingan bir martalik idishlar (paketlar, baklar) “Yuqumli chiqindilar. B sinfi” deb belgilanadi hamda tashkilot, boʻlinma nomi, sana va chiqindilarni yigʻish uchun masʼul shaxsning familiyasi yoziladi. Yuqumli moddalar uchun quyidagi xalqaro belgidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xavfsizlik maqsadida ushbu idish-konteynerlarni rangiga qarab 2 guruhga ajratish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq rangli — ishlatilgan ignalar, skarifikatorlar va boshqa oʻtkir, sanchuvchi va kesuvchi asboblarni yigʻish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻq sariq rangli — organik chiqindilarni dezinfeksiya qilgandan soʻng ularni yigʻish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot chiqindilarini yigʻish va saqlash uchun moʻljallangan polietilen paketlarni epidemiologik va toksikologik xavflilik darajasiga qarab saralash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-profilaktika muassasalari doirasida A, B va V toifadagi tibbiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun foydalaniladigan korpuslararo konteynerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilot ichida B sinfga mansub chiqindilarni yigʻish uchun moʻljallangan koʻp martalik idishlarni dezinfeksiya qilish har kuni amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. B sinfga mansub tibbiy chiqindilar boʻlinmalardan yopiq bir martalik idishlarda (paketlarda) konteynerlarga joylashtiriladi va keyinchalik ixtisoslashtirilgan tashkilotlar transportida zararsizlantirish joyiga olib ketilgunga qadar chiqindilar bilan ishlash uchastkasiga yoki tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasiga koʻchiriladi. Tibbiy chiqindilar vaqtincha saqlanadigan xonalarga begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi. Saqlash xonalari yuqumli moddalarning quyida koʻrsatilgan belgisi bilan belgilanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Konteynerlar mexanik taʼsirga, yuqori va past haroratga, yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli materiallardan yasalgan boʻlishi, oʻz-oʻzidan ochilishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruksiyadagi qopqoqlar bilan yopilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish, zararini yoʻqotish uchastkalarini tashkil etishda epidemiologik xavfsizlikning zarur talablarini taʼminlash maqsadida B toifadagi tibbiy chiqindilarni yigʻish, vaqtincha saqlash, tashishning sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya etilishi, ular hosil boʻlgan joylarda dastlabki zararsizlantirish oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot barcha zarur sarf materiallari, shu jumladan bir martalik qadoqlash idishlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. B sinfga mansub patologoanatomik va organik operatsion chiqindilar (aʼzolar, toʻqimalar va boshqalar) krematsiya qilinishi (yoqilishi) yoki qabristonlarni barpo etish va saqlashning sanitariya qoidalari talablariga muvofiq qabristonning maxsus ajratilgan hududidagi maxsus qabrlarga koʻmilishi lozim. Bunday chiqindilarni zararsizlantirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Paketlarga va maxsus belgilangan idishlarga (konteynerlarga) joylashtirilgan, zararsizlantirilmagan B sinfga mansub tibbiyot chiqindilarini uzoq joylashgan tarkibiy boʻlinmalardan (sogʻliqni saqlash punktlari, kabinetlar, feldsherlik-akusherlik punktlari) va tibbiy yordam koʻrsatiladigan boshqa joylardan keyinchalik zararsizlantirishni taʼminlash uchun tibbiyot muassasasiga olib borishga ruxsat etiladi. Konteynerlar qopqoq bilan yopilishi va yuqumli moddalarning xalqaro belgisi hamda “Ehtiyot boʻling! Yuqumli chiqindilar” yozuvi bilan belgilanishi kerak. Idishlarni dezinfeksiyadan soʻng qayta ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. V sinfga mansub tibbiy chiqindilar bilan ishlash 3-4 patogenlik guruhi qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlash, hududni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va sil kasalligining oldini olish talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. V sinfga mansub chiqindilar albatta fizik usullar (issiqlik, bugʻ, mikrotoʻlqin, nurlanish va boshqalar) yordamida zararsizlantirilishi (dezinfeksiya qilinishi) shart. Kimyoviy dezinfeksiya usullarini qoʻllash faqat oziq-ovqat chiqindilari va bemorlarning ajralmalarini zararsizlantirish uchun, shuningdek, kasallik oʻchoqlarida dastlabki epidemiyaga qarshi choralarni tashkil etishda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Zararsizlantirish (dezinfeksiya) usulini tanlash chiqindilarni yigʻish va yoʻq qilish rejasini ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladi. V sinfga mansub zararsizlantirilmagan chiqindilarni tashkilot hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. B sinfga mansub chiqindilar bir martalik yumshoq (paketlar) yoki qattiq (teshilmaydigan) qizil rangli idishlarga (konteynerlarga) yoki toʻq sariq belgi qoʻyilgan idishlarga yigʻiladi. Idish turini tanlash chiqindilarning morfologik tarkibiga bogʻliq boʻladi. Suyuq biologik chiqindilar, ishlatilgan bir martalik sanchuvchi (kesuvchi) asboblar va boshqa tibbiy buyumlar qattiq (teshilmaydigan), namlikka chidamli, germetik idishlarga (konteynerlarga) joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. B sinfga mansub chiqindilarni yigʻish uchun moʻljallangan yumshoq idishlar (bir martalik paketlar) maxsus ustunlarga (aravachalarga) yoki konteynerlarga mahkamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. B sinfga mansub chiqindilar bilan paket 3/4 qismidan ortiq toʻldirilmaganidan soʻng, ushbu tibbiy boʻlimda chiqindilarni yigʻish uchun masʼul xodim biologik xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda paketni bogʻlaydi yoki chiqindilarning toʻkilishini oldini oladigan maxsus bogʻlagichlar yoki boshqa moslamalar yordamida yopadi. Qattiq (teshilmaydigan) idishlar qopqoq bilan yopiladi. B sinfga mansub chiqindilarni boʻlimdan tashqarida ochiq idishlarda tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. B sinfga mansub chiqindilarni yakuniy qadoqlashda, ularni boʻlinmadan chiqarib tashlash uchun, bir martalik idishlar (paketlar, baklar) yuqumli moddalar belgisi va “Oʻta xavfli chiqindilar. B sinfi” yozuvi bilan belgilanadi. Shuningdek, tashkilot nomi, boʻlinma, sana va chiqindilarni yigʻish uchun masʼul shaxsning familiyasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. B sinfga mansub tibbiy chiqindilar yopiq bir martalik idishlarda maxsus konteynerlarga joylashtiriladi va tibbiy chiqindilarni vaqtincha saqlash xonasida saqlanadi. B sinfga mansub chiqindilar ular hosil boʻlgan joylarda davolash-profilaktika muassasalarida zararsizlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishlatilgan simob tutuvchi asboblar, lampalar (lyuminessent va boshqalar), G sinfidagi tibbiy chiqindilarga tegishli jihozlar maxsus ajratilgan xonalarda zich yopiladigan jigarrang qopqoqli belgilangan idishlarga yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Zaharlilik darajasi 1-2 sinfga mansub boʻlgan sitostatiklar va genotoksik preparatlar chiqindilari hamda ularning eritmalarini (flakonlar, ampulalar va boshqalar) tayyorlash natijasida hosil boʻladigan barcha turdagi G sinfga mansub tibbiy chiqindilarni dezaktivatsiya qilmasdan toʻplash va vaqtincha saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. G sinfga mansub chiqindilar hosil boʻlish joyida maxsus vositalarni qoʻllagan holda darhol dezaktivatsiya qilinadi. Shuningdek, ish joyini ham dezaktivatsiya qilish lozim. Bunday chiqindilar bilan ishlash maxsus shaxsiy himoya vositalarini qoʻllagan holda va amaldagi meʼyoriy hujjatga muvofiq soʻruvchi shkafda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ishlatishga yaroqsiz dori vositalari, diagnostik va dezinfeksiyalovchi moddalar bir martalik qora rangli belgilangan oʻramga yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. G sinfga mansub, 2 va 3 zaharlilik darajasidagi chiqindilarni toʻplash, vaqtincha saqlash va qadoqlash “Chiqindilar. G sinf” deb belgilangan qattiq idishlarda, 4-sinfdagilari esa yumshoq idishlarda amalga oshiriladi. G sinfidagi chiqindilarni zararsizlantirish yoki utilizatsiya qilish uchun olib chiqish bu faoliyat turi uchun litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. D sinfidagi chiqindilarni yigʻish, saqlash va yoʻq qilish radioaktiv moddalar bilan munosabatni tartibga soluvchi amaldagi meʼyoriy hujjatga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. D toifadagi chiqindilarni olib chiqish va zararsizlantirish radioaktiv chiqindilar bilan ishlash boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tibbiyot chiqindilarini toʻplashda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B va V sinfdagi qadoqlanmagan chiqindilarni bir idishdan boshqasiga qoʻlda oʻtkazish (qayta yuklash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B va V sinf chiqindilarini qoʻlda buzish yoki kesish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shprits ishlatilgandan soʻng ignani qoʻlda chiqarib olish, inyeksiyadan keyin ignaga qalpoqcha kiydirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkir tibbiy asboblar va boshqa oʻtkir buyumlarni yigʻish uchun yumshoq bir martalik qadoqdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish asboblaridan 1 metrdan yaqin masofada chiqindilarni yigʻish uchun bir martalik va koʻp martalik idishlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday chiqindilarni qoʻl bilan zichlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan ishlashda qoʻlqoplarsiz yoki zarur shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarsiz har qanday amallarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tibbiy chiqindilar bilan muomalada boʻlishda xodim infeksiyalanish nuqtai nazaridan xavfli jarohat olgan taqdirda (teri va shilliq qavatlar yaxlitligini buzadigan ukol yoki kesish), amaldagi meʼyoriy hujjatga muvofiq shoshilinch profilaktika choralarini koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xodimlarning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari bilan zararlanish holatlari haqida xabar berish, ularni hisobga olish va tekshirish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Chiqindilar va koʻp marta ishlatiladigan inventarni dezinfeksiya qilishning umumiy tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. V sinfga mansub chiqindilar bir martalik qadoqlarga yigʻishdan oldin, bevosita chiqindilarni birlamchi yigʻish joylarida dezinfeksiyalovchi eritmaga botirish usuli bilan xavfsiz ishlov berish texnologiyalarini qoʻllagan holda majburiy dezinfeksiya qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B va V sinfga mansub chiqindilarni dezinfeksiyalash amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. A sinfga mansub chiqindilar uchun koʻp marta ishlatiladigan yigʻgichlarni dezinfeksiya qilish har kuni davolash-profilaktika muassasasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. A va B sinflariga mansub chiqindilarni yigʻish uchun moʻljallangan aylanma korpuslararo va korpusli konteynerlarni hamda avtomobil kuzovlarini dezinfeksiya qilishni chiqindilarni tushirish joylarida haftasiga 1 marta chiqindilarni olib ketuvchi avtotransport tashkiloti amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Favqulodda vaziyatlarda, korpusli konteynerlar yoki avtotransport ichida (orasida) chiqindilarning ochiq holda turganligi aniqlanganda zudlik bilan dezinfeksiya oʻtkaziladi. Shu maqsadda davolash-profilaktika muassasasida korpusli konteynerlar va avtotransportni yuvish hamda dezinfeksiya qilish joylari tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Dezinfeksiya joyi asfaltlangan va yagona oqimga ega boʻlishi lozim. Dezinfeksiyadan keyingi oqova suvlar yigʻilib, tibbiyot muassasasining kanalizatsiya tizimiga quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. B va V sinf tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish va (yoki) zararsiz holga keltirish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. B sinf chiqindilarni xavfsiz zararsizlantirish va (yoki) zararsiz holga keltirish usullarini tanlash davolash-profilaktika muassasasining quvvati va yoʻnalishiga, chiqindilarni zararsizlantirish qurilmalarining mavjudligiga, maʼmuriy hududda qabul qilingan chiqindilarni yoʻq qilish usuliga (yoqish, poligonlarga chiqarish, utilizatsiya qilish) bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. B sinf chiqindilarni zararsizlantirish va zararsiz holga keltirish markazlashgan yoki markazlashmagan usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashmagan usulda chiqindilar bilan ishlash uchastkasi tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini yurituvchi tashkilot hududida joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan usulda tibbiy chiqindilar bilan ishlash uchastkasi tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini yurituvchi tashkilot hududidan tashqarida joylashadi, bunda chiqindilarni tashish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. V sinf chiqindilar faqat markazlashmagan usulda zararsizlantiriladi, zararsizlantirilmagan V sinf chiqindilarni saqlash va tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. B va V sinfga mansub chiqindilarni zararsizlantirishning fizik usuli, yaʼni ortiqcha bosim ostida suv bugʻi, harorat, radiatsion va elektromagnit nurlanish taʼsiri, maxsus jihozlar — tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish qurilmalari mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tashkilotda B sinf chiqindilarini zararsizlantirish uskunalari boʻlmagan hollarda, vaqtinchalik yechim sifatida kimyoviy eritmalar yordamida dezinfeksiya qilish mumkin. B va V sinfidagi chiqindilarni zararsizlantirishning kimyoviy usuli tegishli rejimlarda bakteritsid (shu jumladan tuberkulotsid), virulotsid, fungitsid, sporotsid (zarur hollarda) taʼsirga ega boʻlgan dezinfeksiyalovchi vositalar eritmalari bilan ishlov berishni oʻz ichiga oladi va maxsus qurilmalar yordamida yoki chiqindilarni ular hosil boʻlgan joylarda dezinfeksiyalovchi eritma solingan belgilangan idishlarga botirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini yurituvchi tashkilotlarda tibbiy chiqindilar bilan ishlash boʻlimi mavjud boʻlmaganda yoki mazkur maʼmuriy hududda tibbiy chiqindilarni zararsizlantirishning markazlashtirilgan tizimi boʻlmaganda, B sinfga mansub chiqindilarni ular hosil boʻlgan joyda kimyoviy usulda zararsizlantirish majburiy vaqtinchalik chora sifatida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. B sinfiga mansub suyuq chiqindilar (qon, qusugʻ massalari, siydik, axlat) va shunga oʻxshash biologik suyuqliklarni oldindan zararsizlantirishsiz markazlashgan kanalizatsiya tizimiga toʻkish mumkin. Markazlashgan kanalizatsiya boʻlmaganda, bu toifadagi chiqindilarni kimyoviy yoki fizik usullar yordamida zararsizlantirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. B va V sinflarga mansub tibbiy chiqindilarni zararsizlantirishda qoʻllash yoʻriqnomasiga muvofiq dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tibbiyot xodimlarining infeksiya yuqtirish xavfini kamaytirish maqsadida ignani shpritsdan faqat xavfsiz usullar bilan ajratish kerak. Buning uchun davolash-profilaktika muassasalarining barcha manipulyatsiya va muolaja xonalarini igna kesuvchilar yoki igna yoʻq qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlash zarur. Igna kesuvchilar va igna yoʻq qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlanganda, ishlatilgan shpritslar va ignalarni kimyoviy vositalar bilan oldindan zararsizlantirishga hojat yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Aholi punktida bir martalik inyeksion shprislarni yigʻish, yoʻq qilish yoki utilizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy chiqindilarni yoʻq qilishga moʻljallangan maxsus qurilmalar boʻlmaganda, ishlatilgan bir martalik inyeksion shprislarni (B va V sinfidagi chiqindilar) zararsizlantirish uchun ularni 132 °C haroratda 20 daqiqa davomida maxsus ajratilgan bugʻli sterilizatorda (avtoklavda) qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon ularning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish va isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotish uchun amalga oshiriladi. Dezinfeksiya qilingan DPM chiqindilari keyinchalik qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) poligonlariga olib chiqilib, koʻmib tashlanishi mumkin. Ushbu avtoklav alohida xonaga oʻrnatilishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. B va V sinfidagi tibbiy chiqindilarni termik yoʻq qilish markazlashtirilmagan usulda ham amalga oshirilishi mumkin (insineratorlar yoki boshqa termik zararsizlantirish qurilmalari, masalan, “Avtoklav” maxsus apparati, maydalagich yoki “SVCh pechlar” kabi). Avtoklavlarda chiqindilarni xavfsiz dezinfeksiya qilish uchun vakuum texnologiyasidan foydalanish zarur. Chiqindilarni zararsizlantirish uchun qoʻllaniladigan texnologiyalarni tanlashda iqtisodiy va ekologik omillarni hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. B va V sinfga mansub zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilarni termik yoʻq qilish markazlashtirilgan usulda (chiqindi yoqish zavodi) amalga oshirilishi mumkin. B sinfidagi zararsizlantirilmagan chiqindilarni termik yoʻq qilish ham markazlashtirilgan usulda, jumladan chiqindi yoqish zavodining alohida boʻlimida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy chiqindilarni piroliz pechlarida termik yoʻq qilish (yoqish) uchun, hosil boʻlgan yonish mahsulotlarini 1200 — 1300 °C haroratda toʻliq yoqish nazarda tutiladi. Bu dioksinlarning toʻliq parchalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. B va V sinfidagi tibbiy chiqindilarni zararsizlantirishning markazlashmagan usulida maxsus qurilmalar tibbiy va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hududida oʻrnatiladi. Bu jarayon qattiq maishiy chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishning sanitariya talablariga muvofiq maxsus poligonlarda, amaldagi meʼyoriy hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Utilizatsiya, shu jumladan chiqindilarni saralash texnologiyalarini qoʻllash faqat B va V sinf chiqindilarini dastlabki apparatli usulda fizik yoʻl bilan zararsizlantirishdan soʻng mumkin. Tibbiy chiqindilardan olingan ikkilamchi xom ashyodan bolalar uchun moʻljallangan tovarlarni, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqada boʻladigan materiallar va buyumlarni, tibbiy maqsadlardagi mahsulotlarni tayyorlash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. B va V sinfga mansub zararsizlantirilgan chiqindilarni poligonga koʻmishga faqat ularning tashqi koʻrinishi oʻzgarganda (maydalash, qovushtirish, presslash va hokazo) va ularni qayta ishlatish imkoniyati boʻlmagandagina ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Vaksinalarni zararsizlantirish va yoʻq qilish maxsus poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga qoʻyiladigan sanitariya talablariga (SanQvaM 0157-04) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tibbiyot chiqindilarini vaqtinchalik saqlash (toʻplash) sharoitlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tibbiyot chiqindilari omborxonalariga qoʻyiladigan umumiy talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona poli nam oʻtkazmaydigan, qattiq qoplamali va yaxshi drenaj tizimiga ega boʻlishi lozim (suv oqimlaridan alohida); u tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborda umumiy chiqindilarni yuqumli va boshqa xavfli chiqindilardan alohida saqlash uchun xona boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash maqsadida omborxonaga suv oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish uchun masʼul boʻlgan xodimlar omborxonaga erkin kirish huquqiga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun omborxona qulflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi yigʻuvchi transport vositalarining erkin kirishini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona quyosh taʼsiridan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona hayvonlar, hasharotlar va qushlar kira olmaydigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona yaxshi yoritilgan va kamida passiv shamollatish tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona oziq-ovqat doʻkonlari va ovqat tayyorlash joylaridan uzoqda joylashgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash jihozlari, himoya kiyimlari va axlat paketlari yoki idishlari zaxiralari omborxona yaqinida qulay joyda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar oqar suv va sovunli yuvingichdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona muntazam ravishda, kamida haftada bir marta tozalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarning toʻkilishi va sochilib ketishini bartaraf etish uchun zarur jihozlar mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona hajmi davolash-profilaktika muassasasida hosil boʻladigan chiqindilar miqdoriga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. A, B va V sinfga mansub chiqindilarni ular hosil boʻladigan joylarda yigʻish ish smenasi davomida amalga oshiriladi. Oʻtkir asboblar uchun bir martalik idishlardan foydalanilganda, ularni hajmining 3/4 qismigacha toʻldirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Oziq-ovqat chiqindilari, zararsizlantirilmagan B sinfga mansub chiqindilarni yozda 24 soatdan va qishda 48 soatdan ortiq saqlash (toʻplash) sovutish yoki muzlatish kameralarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. B va V sinfga mansub chiqindilarni yigʻish uchun ishlatiladigan bir martalik paketlar ularda 15 kg dan ortiq boʻlmagan chiqindilarni xavfsiz toʻplash imkoniyatini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. B va V sinflarga mansub zararsizlantirilmagan chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash begona shaxslarning kirishini istisno etadigan maxsus xonalarda boshqa sinflarga mansub chiqindilardan alohida tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xona yuqumli chiqindilar ombori sifatida tan olinishi uchun yuqumli moddalarning xalqaro belgisi bilan belgilanishi kerak. Pol va devorlar germetik qoplamaga ega boʻlishi yoki oson dezinfeksiya qilinadigan plitkalar bilan qoplangan boʻlishi lozim. Omborxona yuqumli kasalxona oqova suvlarini chiqarish uchun maxsus kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi shart. Qayta ishlanmagan yuqumli chiqindilarni yoki tashkilotdan tashqarida utilizatsiya qilish uchun moʻljallangan, tarkibida qon yoki boshqa biologik suyuqliklar koʻp boʻlgan (toʻkilish xavfi mavjud) chiqindilarni zichlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tibbiyot muassasalarida (sogʻliqni saqlash punktlari, kabinetlar, QVP va hokazo) B va V sinfga mansub chiqindilarni yordamchi xonalarda vaqtincha saqlash va toʻplashga ruxsat beriladi (yozda 24 soatdan, qishda 48 soatdan ortiq saqlanganda sovutish uskunalaridan foydalaniladi). Chiqindilarni toʻplash uchun moʻljallangan sovitish uskunalarini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. A sinfga mansub chiqindili konteynerlar maxsus maydonchada saqlanadi. Konteyner maydonchasining xoʻjalik zonasi hududida, davolash binolaridan kamida 25 metr va ovqatlanish blokidan 100 metr uzoqlikda joylashishi, qattiq qoplamaga ega boʻlishi kerak. Konteyner maydonchasining oʻlchami konteynerlar asosining maydonidan har tomonlama 1,5 metr katta boʻlishi lozim. Maydoncha atrofi toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. G sinfidagi kimyoviy chiqindilarni saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli kimyoviy chiqindilarni saqlash xonalarini rejalashtirish paytida saqlanishi va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan turli kimyoviy moddalarning xususiyatlarini (yonuvchanlik, korroziyalanish, portlash xavfi) hisobga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash joyi boshqa chiqindilar saqlanadigan joylardan alohida, yopiq bino boʻlishi kerak. Suyuq kimyoviy moddalarni saqlashda omborxona suv va kimyoviy moddalarga chidamli suv oʻtkazgich bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Suv oʻtkazgich boʻlmagan taqdirda, saqlash idishlari ostiga oqib tushayotgan suyuqliklarni yigʻish uchun maxsus idishlar joylashtirilishi kerak. Omborxonaning markaziy qismida suyuqlik sizib chiqishini bartaraf etish uchun toʻplamlar, himoya vositalari va birinchi yordam koʻrsatish vositalari (koʻzlarni yuvish uchun favvora) boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Omborxona yetarli darajada yoritilgan va zaharli bugʻlar toʻplanishiga yoʻl qoʻymaydigan yaxshi shamollatish tizimiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy chiqindilarning xavfsiz saqlanishini taʼminlash maqsadida xavfli kimyoviy reaksiyalarning oldini oluvchi quyidagi alohida zonalar mavjud boʻlishi zarur. Bu zonalar xavflilik sinfi boʻyicha belgilanishi kerak. Agar chiqindilarni bir nechta xavflilik sinflari boʻyicha tasniflash mumkin boʻlsa, eng xavfli sinf qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 Portlash xavfi mavjud chiqindilar

 Agressiv kislotali chiqindilar

 Zaharli chiqindilar

 Agressiv ishqoriy chiqindilar (asoslar)

 Yonuvchan chiqindilar

 Galogenli erituvchilar (tarkibida xlor, brom, yod yoki ftor mavjud)

 Oksidlovchi chiqindilar

 Galogensiz erituvchilar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuq va qattiq chiqindilar alohida saqlanishi shart. Imkon qadar, ishlab chiqaruvchining asl qadoqlari ham saqlanishi lozim. Kimyoviy chiqindilarni hududdan tashqarida saqlash va tashish uchun ishlatiladigan qadoqlar ham tegishli tarzda belgilanishi kerak. Belgilash quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim: xavflilik belgisi (belgilari), chiqindi sinfi, sanasi, hosil boʻlgan joyi (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlash xavfi boʻlgan yoki tez alangalanadigan materiallarni saqlash uchun moʻljallangan xonalar tegishli shamollatish tizimiga, quyma pollarga ega boʻlishi va portlash yoki sizib chiqishga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tibbiy chiqindilarni tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. A sinfiga mansub chiqindilarni tashish mazkur hudud uchun qabul qilingan sanitariya tozalash sxemasini hisobga olgan holda, aholi punktlari hududlarini saqlash hamda ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari bilan ishlashga doir sanitariya qonunchiligi talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. A sinfiga mansub chiqindilarni tashishda qattiq maishiy chiqindilarni tashish uchun foydalaniladigan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. A sinfiga mansub chiqindilarni tashish uchun moʻljallangan koʻp marta foydalaniladigan konteynerlar haftada kamida 1 marta, B sinfiga mansub chiqindilar uchun esa — har safar boʻshatilgandan soʻng yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Chiqindilarni tashishni amalga oshiruvchi tashkilotda konteynerlar va transport vositalarini yuvish, dezinfeksiya qilish va hasharotlardan tozalash boʻlimi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Zararsizlantirilmagan B sinfga mansub chiqindilarni tashish uchun maxsus transport vositalaridan foydalaniladi, ularni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. G sinfga mansub chiqindilarni tashish, zararsizlantirish va koʻmish amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, zaharli sanoat chiqindilarini toʻplash, tashish, zararsizlantirish va koʻmish tartibiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. D sinfidagi chiqindilarni tashish radiatsion xavfsizlik meʼyorlari (NRB-2006) va radiatsion xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSPORB-2006) talablariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. B toifadagi zararsizlantirilmagan chiqindilarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil kuzovi yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga, mexanik taʼsirlarga chidamli materiallardan yasalgan boʻlishi, ichki yuzasi silliq va “Tibbiyot chiqindilari” yozuvi hamda yuqumli moddalarning xalqaro belgisi bilan belgilangan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzovda konteynerlarni mahkamlash, yuklash va tushirish uchun moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi tibbiy chiqindilar (paketlar, qoʻlqoplar, suv, dezinfeksiyalovchi vositalar, latta va hokazo) sochilib yoki toʻkilib ketgan holatlarda shoshilinch dezinfeksiya oʻtkazish uchun zarur vositalar toʻplami bilan taʼminlanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Chiqindi tashish bilan shugʻullanadigan transport vositasi haftada kamida bir marta yuviladi va dezinfeksiya qilinadi. Zararsizlantirish gidropult yoki purkagichlar yordamida sugʻorish usulida yoxud latta va choʻtkalar bilan dezinfeksiyalovchi eritmalarni ishlatib artish orqali amalga oshiriladi. Bunda muayyan dezinfeksiyalovchi vositani qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma va uslubiy koʻrsatmalarda belgilangan ehtiyot choralariga rioya qilish lozim (himoya kiyimlari, respiratorlar, himoya qalqonlari, rezina qoʻlqoplar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Transport vositasi mobil aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. A, G, D sinfidagi chiqindilar harakatini hisobga olish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ishlab chiqarish nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Chiqindilar bilan ishlash sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq talablarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etadilar va olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Tibbiyot chiqindilarini toʻplash, vaqtincha saqlash va zararsizlantirish ustidan olib boriladigan ishlab chiqarish nazorati quyidagilarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Vizual va hujjatli tekshiruv (oyiga kamida bir marta):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarflanadigan materiallar (paketlar, konteynerlar zaxirasi va boshqalar), kichik mexanizatsiya vositalari, dezinfeksiyalovchi moddalar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanganligi, maxsus kiyimlarni markazlashgan tartibda yuvish va ularni muntazam ravishda almashtirish tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik saqlash xonalari va (yoki) tibbiy chiqindilar bilan ishlash uchastkalarining, axlat quvurlari va konteyner maydonchalarining sanitariya holati hamda dezinfeksiya rejimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirish va zararsizlash rejimlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni muntazam ravishda olib chiqib ketilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Laboratoriya-instrumental tekshiruvlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan usullar boʻyicha qurilmalarda chiqindilarni zararsizlantirish samaradorligini mikrobiologik nazorat qilish (yiliga kamida 1 marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroiqlim koʻrsatkichlarini nazorat qilish (yiliga kamida 1 marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararsizlantirish va chiqindilarni zararsizlash uchastkalarida ish zonasi havosidagi uchuvchan zaharli moddalar miqdorini nazorat qilish (uskunalarning texnologik reglamentiga muvofiq oʻtkaziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. B va V sinfli tibbiyot chiqindilari bilan ishlash uchastkasini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. B va V sinfli chiqindilar bilan ishlash uchastkasi tibbiyot va (yoki) farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi yoki mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — uchastka) hisoblanadi. Uchastka tibbiyot muassasasining maxsus jihozlangan xonalarida yoki alohida hududda joylashtiriladi hamda B va V sinfli chiqindilarni yigʻish, toʻplash va utilizatsiya qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Uchastkani tibbiy boʻlinmalar tarkibida joylashtirish taqiqlanadi (patogenlikning 1 — 4 guruhlari qoʻzgʻatuvchilari bilan ishlaydigan laboratoriyalardagi zararsizlantirish xonalari bundan mustasno). Uchastka xonalarining tarkibi va minimal maydonlari 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Uchastka xoʻjalik hududidagi alohida binoda yoki bino tarkibida, shu jumladan mustaqil soʻruvchi ventilyatsiyali yertoʻla xonalarida (chiqindilarni yoqish yoki piroliz usulida yoʻq qilish qurilmalari bundan mustasno) joylashishi mumkin. Chiqindilarni yoqish yoki piroliz usulida yoʻq qilish qurilmasi oʻrnatilgan uchastkadan turar-joy va jamoat binolarigacha boʻlgan masofa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Uchastka kanalizatsiya, suv taʼminoti, elektr energiyasi, isitish va mustaqil ventilyatsiya tizimlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Uchastka xonalarining hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv yechimlari texnologik jarayonning uzluksizligini hamda “toza” va “iflos” hududlarga ajratish tamoyiliga rioya qilish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Uchastka hududida chiqindilarni qabul qilish, qayta ishlash (zararsizlantirish yoki zararini yoʻqotish), vaqtincha saqlash (toʻplash), shuningdek, chiqindilarni tashish uchun ishlatiladigan aravachalar, konteynerlar va boshqa uskunalarni yuvish hamda dezinfeksiya qilish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Uchastka binolari shartli ravishda quyidagi hududlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iflos” zonaga tibbiy chiqindilarni qabul qilish va vaqtincha saqlash xonasi, B va V sinfdagi chiqindilarni zararsizlantirish qurilmalari bilan jihozlangan chiqindilarga ishlov berish xonasi, hamda yuvish va dezinfeksiyalash xonasi kiradi. Chiqindilar hajmi kam boʻlganda, ularni bir xonada vaqtincha saqlash va zararsizlantirish mumkin. B va V sinfga mansub chiqindilar yozda 24 soatdan, qishda 48 soatdan ortiq saqlanishi kerak boʻlsa, sovutish uskunalari oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toza” zonaga zararsizlantirilgan chiqindilarni, yuvilgan va zararsizlantirilgan chiqindi tashish vositalarini saqlash xonalari (bularni bir xonada birgalikda vaqtincha saqlash mumkin), sarflanadigan materiallar ombori, xodimlar xonasi, hojatxona va dushxona kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarning balandligi oʻrnatiladigan uskunalarning oʻlchamlariga muvofiq, lekin 2,6 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Devor, pol va shiftlarning yuzasi tekis, nam, yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli boʻlishi shart. Pollar sirpanmaydigan, mexanik taʼsirlarga chidamli va namlikka bardoshli material bilan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Mebel va jihozlarning tashqi va ichki yuzasi silliq, nam, yuvish va dezinfeksiyalash vositalariga chidamli materiallardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Barcha xonalarda turar joy va jamoat binolarini tabiiy, sunʼiy va qoʻshma yoritishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (QMQ 2.01.05-98) muvofiq qoʻshma yoki sunʼiy yoritish nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish xonalarida sunʼiy yoritilganlik darajasi 200 luksdan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoritgichlar yopiq sochgichlarga ega boʻlishi kerak. Yoritgichlarni tozalash yiliga kamida 2 marta amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Uchastkadagi xonalarning havo almashinuvi mikroiqlimning ruxsat etilgan parametrlarini taʼminlashi, ish zonasi havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining gigiyenik meʼyorlariga rioya qilinishini kafolatlashi va 2-ilovada keltirilgan talablarga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ventilyatsiya tizimi havo oqimining “iflos” zonalardan (xonalardan) “toza” zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka xonalarida mexanik harakatlantirishli mustaqil havo kirish-chiqish ventilyatsiyasi koʻzda tutiladi. Havo almashtirish sxemasi texnologik topshiriq asosida aniqlanadi. Havo soʻrish boʻyicha havo almashinish darajasi va mahalliy soʻrgichlarni oʻrnatish zarurati texnologik uskunaning turi, soni va quvvatiga qarab hisob-kitob asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iflos” zona xonalaridan tashkiliy havo kirish tizimisiz mexanik harakatlantirishli soʻrma ventilyatsiya nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Ishlab chiqarish xonalaridagi havo harorati 18 — 25 °C oraligʻida, havoning nisbiy namligi esa 75% dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Asosiy ishlab chiqarish xonalari (chiqindilarni qabul qilish va vaqtincha saqlash, inventar va uskunalarni zararsizlantirish, yuvish va dezinfeksiyalash uchun) sugʻorish joʻmragi va poldagi quvurlar (tagliklar) bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararsizlantirish, chiqindilarni zararsizlantirish xonasida qoʻl yuvish uchun rakovina oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Uskunalarni joylashtirish erkin harakatlanishni taʼminlashni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Devorlardan uskunagacha boʻlgan masofa kamida 0,6 metr, xizmat koʻrsatish zonasi tomonidan esa kamida 1 metr boʻlishi lozim. Oʻtish joylarining minimal kengligi 0,6 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni qabul qilish va vaqtincha saqlash xonalari tarozilar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash va zararsizlantirish, chiqindilarni zararsizlantirish xonalari bakteritsid nurlatgichlar yoki havoni zararsizlantiruvchi boshqa qurilmalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Barcha xonalar, asbob-uskunalar va jihozlar toza saqlanishi shart. Joriy tozalash kuniga kamida bir marta, nam usulda, yuvish va dezinfeksiyalash vositalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Umumiy tozalash oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi; devorlar, mebel, texnologik asbob-uskunalar va polga ishlov beriladi. Dezinfeksiyalovchi eritmaga hoʻllangan latta bilan asbob-uskunalar artiladi, devorlardagi koʻrinib turgan iflosliklar tozalanadi, soʻngra pol yuviladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toza” va “iflos” zonalar uchun alohida boʻlgan tozalash inventarlari tozalash ishlarining turlari koʻrsatilgan aniq belgilarga ega boʻlishi, faqat belgilangan maqsadda ishlatilishi va asosiy ishlab chiqarish xonalaridagi omborxonalarda yoki shkaflarda alohida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. DPM chiqindilari bilan ishlashda profilaktika choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. DPM chiqindilari, shuningdek qon va boshqa biologik suyuqliklar bilan ifloslangan narsalar bilan ishlashda profilaktika choralari majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Qon yoki boshqa biologik suyuqliklar bilan ifloslangan obyektlar bilan shugʻullanadigan xodimlar maxsus kiyim va almashtiriladigan poyabzalda ishlashi lozim, ularni kiyib ish joyidan tashqariga chiqish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy kiyimlari va maxsus kiyimlar vaqti-vaqti bilan zararsizlantiriladigan alohida shkaflarga joylashtirilishi kerak. Xodimlarga ishlab chiqarish binolarida ovqatlanish va chekish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Qoʻllarning qon yoki boshqa biologik suyuqliklar bilan ifloslanishi mumkin boʻlgan barcha muolajalar (inyeksiyalar, operatsiyalar, tugʻruqni qabul qilish va hokazo) rezina qoʻlqoplarda bajarilishi lozim. Ish paytida qoʻldagi barcha jarohatlar barmoq qoplamasi yoki leykoplastir bilan yopilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Chiqindilarni yigʻish uchun koʻp marta ishlatiladigan idishlarni dastlabki dezinfeksiyadan soʻng qismlarga ajratish, yuvish va chayish rezina qoʻlqoplar va rezinali fartuklarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Qon, zardob yoki boshqa biologik suyuqliklar sachrash xavfi mavjud boʻlganda toʻrt qavatli niqob va himoya koʻzoynaklarida ishlash lozim.