XALQ DEPUTATLARI GʼUZOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Gʻuzor tumani maʼmuriy-hududiy chegarasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar)lar maʼmuriy-hududiy chegaralarini tasdiqlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha” 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrda 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʻuzor tumanining maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan materiallarga asosan Gʻuzor tumani bilan chegaradosh boʻlgan Nishon, Dehqonobod, Qarshi, Qamashi va Koʻkdala tumanlari hamda Turkmaniston Respublikasi oʻrtasidagi chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga hamda kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman maʼmuriy-hududiy chegarasi aks ettirilgan xaritadagi chegara chizigʻi hududida joylashgan yerdan foydalanuvchilarning egaligidagi, foydalanishdagi yer uchastkalaridagi topografik elementlarni (kanal, kollektor, zovur, ariq, yoʻl va boshqa tabiiy hamda sunʼiy obyektlar) saqlab qolinishi boʻyicha Kadastr agentligining tuman boʻlimi boshligʻiga nazorat olib borilishi belgilansin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Q. Jumayeva hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari Sh. Donayev va F. Kichkinayev zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi K. JUMAYEVA
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani,
2026-yil 5-mart,
VII-16-14-4-56-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.