XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHINING
qarori
Urganch tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Urganch tumanida Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1, 2-ilovalarga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori
4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
3. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining 2025-yil 3-yanvardagi VII-4-2-12-173-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Urganch tuman Kengashining mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Masharipov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi G. SULTANOV
Xorazm viloyati, Urganch tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-127-12-173-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.