XALQ DEPUTATLARI XOʻJAOBOD TUMANI KENGASHINING
qarori
Xoʻjaobod tumanida 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi, yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi, yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkasi, qishloq xoʻjaligi yerlari uchun soliq stavkasi, mol-mulkning minimal qiymati hamda mol-mulk soliq stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining “Andijon viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutloq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasiga asosan Xoʻjaobod tumani boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi PF-6121-son Farmoni shuningdek, “Andijon viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasiga muvofiq tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 11-dekabrdagi 2026-yil uchun soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda “Tumanda 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi, yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi, yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkasi, qishloq xoʻjaligi yerlari uchun soliq stavkasi, mol-mulkning minimal qiymatihamda mol-mulk soliq stavkalari” boʻyicha tuman Kengashiga 21-07290-son xati bilan taqdim etgan takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xoʻjaobod tumanida 2026-yil uchun:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi mahallalar kesimida 1-ilovaga;
Jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon hoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi mahallalar kesimida 2-ilovaga;
Yer usti va yer osti suv soligʻi stavkasi 3-ilovaga;
Yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkasi 4-ilovaga;
Qishloq xoʻjaligi yerlari uchun soliq stavkasi 5-ilovaga;
Mol-mulkning minimal qiymati 6-ilovaga;
Mol-mulk soliq stavkasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashining 2025-yil 30-yanvardagi VII-3-12-1-27-K/25-sonli qarori hamda 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-010-1-27-K/24-sonli qarorining 4 va 5-ilovalari 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Xoʻjaobod tumani soliq inspeksiyasi (S.Ibraximov) tasdiqlangan soliq stavkalarini barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yetkazilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimligi matbuot xizmati (S.Saydaliyev) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Xoʻjaobod tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (J. Pozilov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (A. Mirzaolimov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026 yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi J. BOZORBOYEV
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-12-112-1-27-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.