XALQ DEPUTATLARI JALАQUDUQ TUMANI KENGASHINING
qarori
Jalaquduq tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi O`RQ-1105-son Qonuniga va xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K-son qaroriga muvofiq hamda Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 01/05/2-15-/2487-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Jalaquduq Kengashi qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K-son qarori (keyingi o`rinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Jalaquduq tuman byudjetining 2026-yilgi daromadlari 163,9 mlrd. so`m va xarajatlari esa 163,9 mlrd. so`mga ma`lumot uchun qabul qilinganligi miqdorida tasdiqlanganligi, shuningdek Jalaquduq tuman byudjetining shaxsiy g`azna hisobvarag`ida turgan byudjet mablag`larining yo`l qo`yiladigan eng kam miqdori 0,7 mlrd. so`m etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz ko`rsatkichlari1-ilovaga muvofiq hamda tuman byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablag`larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman byudjeti zaxira jamg`armasi hajmi 2026-yil uchun 1,8 mlrd. so`m miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamg`armasi mablag`larini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo`lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo`lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo`naltirilishi ta`minlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari A. Abdujabborov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo`limi (O. Ashurov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Sobirov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan ko`rsatkichlarni o`z vaqtida va samarali bajarilishini ta`minlash choralarini ko`rsin.
6. Hududiy byudjet mablag`larini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablag`larining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablag`larini taqsimlovchilar:
byudjetdan ajratilgan mablag`lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni to`liq rejalashtirilishi va o`z vaqtida to`lanishi;
o`zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining to`g`ri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablag`larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to`liq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablag`larning to`g`ri taqsimlanishi;
o`z tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
byudjet jarayonining ochiqligini ta`minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma`lumotlarni joylashtirib borilishini ta`minlasinlar.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Jalaquduq Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi E. Qurbonov hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari A. Abdujabborov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. LATIPOV
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-13-110-1-21-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.