XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2025-yil 23-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan “Suv isteʼmolchilariga shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash” toʻgʻrisidagi VII-10-48-12-171-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilgan va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandida suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugaganidan keyin ikki oy muddatda manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda, oʻtgan sugʻorish davri uchun suv olishning uzil-kesil limitlarini qayta koʻrib chiqish koʻrsatib oʻtilgan.
Shundan kelib chiqib joriy yilning vegetatsiya (sugʻorish) davriga ajratilgan suv olish limitlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, vazirlikning 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyrugʻi bilan sugʻorish davriga ajratilgan limitlar qayta taqsimlandi.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Gurlan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktorining xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2025-yil 23-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan “Suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash” toʻgʻrisidagi VII-10-48-12-171-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklifi maʼqullansin.
2. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2025-yilning yozgi sugʻorish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar suv xo`jaligi va ekologiya masalalari doimiy komissiyasi raisi G. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi R. OʻRAZBAYEV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-121-12-171-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.