XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Gurlan tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga yer soligʻi hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) 2026-yil uchun stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 ва 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1, 2-ilovalarga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllashi maqsadga muvofiq boʻladi.
3. Ushbu qaror “Gurlan hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo`yicha doimiy komissiyasi raisi N. Azimjanov zimmasiga yuklatilsi.
Kengash raisi R. OʻRAZBAYEV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-120-12-171-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.