XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Shovot tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-105-sonli Qonuniga va xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-16-151-12-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 29-dekabrdagi 04-7-09/14135-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni hamda Xorazm viloyati Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-16-151-12-0-K/25-sonli qarorlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq Shovot tumani budjetining 2026-yilgi daromadlari 150 687,1 million.soʻm va xarajatlari esa 150 687,1 million.soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek, Shovot tumani budjetining shaxsiy gʻazna hisob varagʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 921,0 million soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 817,9 million.soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (S. Saidov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (X. Sabirov), tuman soliq inspeksiyasi (I. Sultanov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
7. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (S. Yoʻldoshev), “Shovot istiqboli” gazetasi (M. Abdalova) hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (Z. Raximov) bilan hamkorlikda;
mazkur qarorni tuman hokimligining shovottuman.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Shovot istiqboli” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin.
Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (X. Sabirov) bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga tushintirish ishlarini olib borsinlar.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi G. Dosova zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi M. DAVLATOV
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-139-12-177-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.