XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
2026-yilda Gurlan tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga 9-ilova bilan 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari tasdiqlanganligi, shunigdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-bandi v) kichik bandida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman(shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilab qo`yilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagilardan kelib chiqib 2026-yil uchun Gurlan tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlariga kiritiladigan o`zgarishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gurlan tumani hokimining birinchi oʻrinbosari J. Xasanov tuman soliq inspeksiyasi (A. Oʻrazbayev) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati (O. Jabberganov) “Gurlan hayoti” gazetasi (F. Abdullayev) hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (J. Oʻrazbayev) bilan hamkorlikda mazkur qarorni tuman hokimligining gurlan.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Gurlan hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilsin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N. Azimjonov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi K. OʻRAZMETOV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2026-yil 7-mart,
VII-22-18-12-171-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.