XORAZM VILOYATI GURLAN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Gurlan tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar(mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida Gurlan tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 1-dekabrdagi 01-01/4-1023-son yozishmasini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Gurlan tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 1-dekabrdagi 01-01/4-1023-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Gurlan tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror “Gurlan hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Gurlan tumani hokimining 2023-yil 31-avgustdagi “Gurlan tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 485-12-171-Q/23-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Eshmetov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi R. OʻRAZBAYEV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2026-yil 12-yanvar,
4-12-171-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.