07.01.2026 yildagi VII-18-2-12-177-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 7-maydagi “Shovot tumani boʻyicha 2025-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-10-61-12-177-K/25-sonli qarorining ilovalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyruqilari ijrosini taʼminlash hamda Shovot tumani “Suv yetkazib berish” xizmati davlat muassasasi direktorining 2025-yil 13-noyabrdagi xati atroflicha muhakama etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori va Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyruqi, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori J. Iskandarovning 2025-yil 13-noyabrdagi xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) 2025-yil uchun suv miqdori limitlari 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (S. Yoʻldoshev), “Shovot istiqboli” gazetasi (M. Abdalova) hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (Z. Raximov) bilan hamkorlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni tuman hokimligining shovottuman.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Shovot istiqboli” gazetasida rasmiy eʼlon qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Shovot tumnai Kengashining 2025-yil 7-maydagi “Shovot tumani boʻyicha 2025-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-10-61-12-177-K/25-sonli qarorining 1- va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqatgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O. Sadullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi M. DAVLATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-2-12-177-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.