12.03.2026 yildagi VII-17-11-12-217-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq Xiva shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarif stavkalarini belgilash va budjet tushumlarini maqbullashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaharning sanitar holatini yaxshilash va avtoturargohlardan tushadigan mablagʻlarning shaffofligini oshirish maqsadida, xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 14-fevraldagi DKQ 03-01/9-26-sonli qarorini koʻrib chiqib, xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq Xiva shahar Obodonlashtirish boʻlimi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarif stavkalarini belgilash va budjet tushumlarini maqbullashtirish toʻgʻrisida shahar xokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi A. Raxmanovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin, olib borayotgan ishlari qoniqarli deb baholansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xiva shahar obodonlashtirish boʻlimiga berkitilgan avtoturargohlardan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar markaziy koʻchalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari uchun chiqindilarni olib chiqib ketish va atrof-hududni obodonlashtirish (koʻkalamzorlashtirish) boʻyicha xizmat koʻrsatish tartibi va majburiy toʻlovlar tariflari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xiva shahar xokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi A. Raxmanov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda markaziy koʻchalardagi barcha tadbirkorlik subʼektlari bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtoturargohlarda naqd pulsiz toʻlov tizimini (QR-kod, terminal) toʻliq joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xiva shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (M. Atajanov) va shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi (N. Bobojonov) mazkur xizmatlardan tushadigan mablagʻlarning maqsadli ravishda shahar infratuzilmasini yaxshilashga yoʻnaltirilishini nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan ushbu qaror doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R. Erniyazov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Xiva shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-11-12-217-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.