XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Shovot tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shovot tumanida obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmati uchun majburiy toʻlov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorida berilgan topshiriqlarni oʻz muddatlarida bajarish;
Tumanning markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatilarni koʻrsatish;
tasdiqlangan tariflarning belgilangan tartibda qoʻllanilishini taʼminlash;
aholiga va xizmatlardan foydalanuvchi subyektlarga tariflar toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin.
5. Tuman hokimining axborot xizmati, maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi S. Yoʻldoshev, tuman hokimligi bosh yuriskonsulʼti Z. Rahimov bilan hamkorlikda;
mazkur qarorni tuman hokimligining https://gov.uz/oz/shovot rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G. Dosova zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi J. BABAJANOV
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2026-yil 11-mart,
VII-22-31-12-177-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.