XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
QARORI
2026-yilda Shovot tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ–1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ–1105-sonli Qonunining 9-ilovasida 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari tasdiqlanganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-bandi “V”-kichik bandida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqoridagilardan kelib chiqib 2026-yil uchun Shovot tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlariga kiritiladigan oʻzgarishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shovot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi S. Saidov va tuman soliq inspeksiyasi I. Sultanov bilan birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Tuman hokimining axborot xizmati, maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (S. Yoʻldoshev), “Shovot istiqboli” gazetasi (M. Abdalova) hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulʼti (Z. Raximov) bilan hamkorlikda;
mazkur qarorni tuman hokimligining https://gov.uz/oz/shovot rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Shovot istiqboli” gazetasida rasmiy eʼlon qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
(5-band Shovot tumani Kengashining 2026-yil 13-maydagi VII-25-58-12-177-K/26-sonli qarori tahririda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi G. Dosova zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi J. BABAJANOV
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2026-yil 11-mart,
VII-22-30-12-177-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.