XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Gurlan tumani boʻyicha 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Gurlan tumani “Suv yetkazib berish” xizmati davlat muassasasi direktorining 2026-yil 17-martdagi 96-sonli xati atroflicha muhokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Gurlan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Urazboyevning 2026-yil 17-martdagi 96-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Gurlan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) 2026-yil uchun suv miqdori limitlari 1- va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Suv yetkazib berish” davlat muassasa direktori B. Urazboyevga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Gurlan tumani hokimining axborot xizmati (O. Jabberganov), “Gurlan hayoti” gazetasi bosh muharriri (F. Abdullayev) tuman hokimligi bosh yuriskonsulti bilan hamkorlikda (J. Urazboyev);
mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin; xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining doimiy komissiyalari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
6. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari R. Sharipov hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xo`jaligi va ekologiya masalalari doimiy komissiyasi G. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi K. OʻRAZMETOV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2026-yil 30-aprel,
VII-24-45-12-171-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.