XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2026-yil 7-martdagi “2026-yilda Gurlan tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida”gi VII-22-18-12-171-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2026-yil 7-martdagi “2026-yilda Gurlan tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida”gi VII-22-18-12-171-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 04/32/51-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining 2026-yil 7-martdagi “2026-yilda Gurlan tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida”gi VII-22-18-12-171-K/26-sonli qarorining 5-bandi Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi soʻzlari Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N.Azimjonov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi K. OʻRAZMETOV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2026-yil 30-aprel,
VII-24-42-12-171-K/26-son