XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Gurlan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi markaziy koʻchalar boʻyidagi chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha taʼriflarni belgilash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gurlan tumanning markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorida berilgan topshiriqlarni oʻz muddatlarida bajarish;
tumanning markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish;
tasdiqlangan tariflarning belgilangan tartibda qoʻllanilishini taʼminlash;
xizmatlardan foydalanuvchi subyektlarga tariflar toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlasin.
4. Gurlan tuman Obodonlashtirish boshqarmasining maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatidan tadbirkorlik subyektlarining foydalanishi ixtiyoriy qilib belgilansin.
4. Tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan birgalikda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish choralarini koʻrib borsin.
5. Tuman hokimligining axborot xizmati boʻlimi (O. Jabberganov) tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (J.A. Urazbayev);
mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
Gurlan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga tushintirish ishlarini olib borsinlar.
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi N. Azimjonov zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi SH. XUDAYAROV
Xorazm viloyati, Gurlan tumani,
2026-yil 13-aprel,
VII-23-34-12-171-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.