XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining 2026-yil 11-apreldagi VII-18-15-12-217-K/26-sonli qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 14-fevraldagi DKQ 03-01/8-26-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining asosan, xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari shahar Kengashining 2026-yil 11-apreldagi VII-18-15-12-217-K/26-sonli qaroriga quyidagicha oʻzgartirish kiritilsin va shu tahrirda bayon qilinsin:
xalq deputatlari shahar Kengashining 2026-yil 11-apreldagi VII-18-15-12-217-K/26-sonli qaroridagi 4-bandi oʻzgartirilib 5-bandi deb hisoblansin.
4-bandi yangidan qoʻshilib “Mazkur qaror imzolangan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi” deb bayon etilsin va qolgan bandlari oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R. Erniyazov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi A. RAXIMOV
Xorazm viloyati, Xiva shahri,
2026-yil 18-may,
VII-19-30-12-217-K/26-son