22.04.2026 yildagi VII-25-37-12-176-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XIVA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tumani boʻyicha 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvarda “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimi hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tashkil etilib ularning vazifalari belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu qarorda suv xoʻjaligi tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga vegetatsiya davridagi sugʻorish limitlarini har yilning 1-apreliga qadar yetkazish va tasdiqlash uchun tuman xalq deputatlari Kengashiga kiritish topshirilganligini va shunga muvofiq, Xiva tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan 2026-yilning vegetatsiya mavsumi uchun suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilarga suv manbalari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlari ishlab chiqildi va xalq deputatlari tuman Kengashiga, uni tasdiqlab berish uchun 2026-yilning 27-martidagi 212-sonli xatini inobatga olgan holda, kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xiva tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yilning 27-martidagi 212-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xiva tumani boʻyicha 2026-yilning sugʻorish mavsumida, suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratiladigan suv limitlari 1-ilovaga hamda Xiva tumani boʻyicha 2026-yilning sugʻorish mavsumida baliqchilik va kommunal xoʻjaliklariga ajratilgan suv limitlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xiva tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Qurbanovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan suv limitlarini barcha suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilarga oʻz vaqtida yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vegetatsiya davrida suv taqsimotini belgilangan limitlar asosida amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Xiva tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Matrasulov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi R.Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ESHNIYAZOV MAXMUDBEK MAQSUDOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Xiva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-25-37-12-176-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.