XALQ DEPUTATLARI URGANCH SHAHAR KENGASHINING
qarori
Urganch shahrining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet Kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2025-yil 29 dekabrdagi VII-16-151-12-0-K/25-son qaroriga muvofiq hamda Urganch shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 23-dekabrdagi 01/01-38/108-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi qaror qiladi:
1. “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-16-151-12-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Urganch shahar budjetining 2026-yilgi daromadlari 164,6 mlrd. soʻm va xarajatlari esa 164,6 mlrd. soʻm, shuningdek,shahar budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 945,0 mln. soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin hamda maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Shahar budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda shahar budjetidan 2026-yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shahar budjeti zahira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1,8 mlrd. soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zahira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J. Eshchanov, shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Sapayev), shahar soliq inspeksiyasi (S. Abdullayev) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Mahalliy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, mahalliy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror bajarilishini taʼminlash shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J. Eshchanov zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Xalimov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. RADJAPOV
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-118-12-180-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.