XALQ DEPUTATLARI JALАQUDUQ TUMANI KENGASHINING
qarori
2026- yilda Jalaquduq tumani bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslarga mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 422, 429, 437 va 445-moddalari va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig`ini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PF-6121-son Farmonining 1-bandiga hamdaxalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-sonli “Andijon viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Jalaquduq tuman davlat soliq inspeksiyasining “Jalaquduq tumani bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslarga mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” bo`yicha kiritgan takliflarini muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 01/05/2-15-/2487-son xati, Jalaquduq tuman soliq inspeksiyasi boshlig`ining 2025-yil 4-dekabrdagi R-10610-son xati hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-sonli “Andijon viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori asos uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan:
Soliq idoralariga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2025-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi;
Xalq deputatlari tuman Kengashiga belgilangan yer solig`i stavkalariga qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun, tuman hududida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko`cha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi alohida koʻrsatib o`tilganligi;
Jalaquduq tumanida yuridik shaxslar uchun qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar bo`yicha bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq o`lchamda 39.900.000 so`m;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i (bundan dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan yerlar mustasno) bazaviy soliq stavkasi 1 kv.m. uchun mutlaq o`lchamda 352,00 so`m miqdorida belgilanganligi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
3. “Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo`yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” miqdorlarini belgilash bo`yicha tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi hamda tuman soliq inspeksiyasining taklifi ma`qullansin.
4. Jalaquduq tumani bo`yichabazaviy soliq stavkalariga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Jalaquduq tuman iqtisodiyot va moliya bo`limi (O. Ashurov) hamda Jalaquduq tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i (A. Sobirov)larga;
a) yer solig`i bo`yicha tasdiqlangan soliq stavkalarini 2026-yil 25-yanvarga qadar barcha soliq to`lovchilarning shaxsiy kabineti orqali yetkazilishini;
b) O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib, soliqlarning to`liq va to`g`ri xisoblanishini hamda o`z vaqtida byudjetga undirilishini nazoratga olib borishni ta`minlasinlar.
6. “Jalaquduq xayoti” gazetasi muharririyati (Sh. Xayitoxunov), tuman hokimligi matbuot xizmati (O. Raximov)larga mazkur qarorni matbuot xamda gazetada e`lon qilinishi tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror bilan belgilangan soliq stavkalari 2026-yil 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi (E. Qurbonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi X. LATIPOV
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-13-109-1-21-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.