XALQ DEPUTATLARI IZBOSKAN TUMANI KENGASHINING
qarori
2025 yil uchun belgilangan tuman mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 28, 146-moddalari, va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining tuman mahalliy budjetiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnomalari hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 15-maydagi “2024-2025 yil uchun belgilangan tuman mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi 32-61-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 1-avgustdagi “2025 yil uchun belgilangan tuman mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi 32-121-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 30-iyundagi 621-sonli bildirishnomasiga asosan tuman mahalliy budjeti daromadlariga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga:
Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 10-apreldagi 238-сонли, 15-apreldagi 254-sonli, 2-apreldagi 277-sonli, 18-apreldagi 287-sonli, 22-apreldagi 297-sonli, 28-apreldagi 364-348-sonli, 5-maydagi 405-sonli, 15-maydagi 428-sonli, 28-maydagi 452-sonli, 13-iyundagi 480-496-sonli, 18-iyundagi 523-sonli, 20-iyundagi 537-sonli hamda tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimining 11, 4, 6, 15, 16, 18, 23, 24, 28, 29, 30-aprel, 1, 6, 7, 13, 14, 16, 20, 21, 26, 27, 28, 29-may vа 2, 4, 17, 26, 27-iyun kunlaridagi bildirishnomalariga asosan tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgartirishlar 2-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi budjet tashkilotlarining 2025-yil xarajatlarini maqbullashtirilgan oʻzgarishlar 3-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi budjet tashkilotlarining 2025-yil xarajatlarini soxadan soxaga kiritilgan oʻzgarishlar 4-ilovaga;
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori va 2025-yil 27-fevral kungi Vazirlar mahkamada oʻtkazilgan muhokama yigʻilishining 6-sonli bayoniga asosan 2025-yilda "tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash" tamoyili asosida budjet mablagʻlarini tejash va samaradorligini oshirish maqsadida Izboskan tuman mahalliy budjetining 2025-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash orqali rejalashtirishga ruxsat berilsin, jumladan:
2025-yil uchun tasdiqlangan shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini taxlil qilish asosida qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan xarajatlarni maqbullashtirish (ortiqcha shtat va xarajatlar), tahliliy oʻrganishlarni oʻtkazish asosida samarasiz, past samarali va bir-birini takrorlovchi shtat va xarajatlarni maqbullashtirish. Birinchi darajali xarajatlarga kam rejalashtirilgan mablagʻlar manbasini aniqlagan holda toʻldirish.
moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarining normativdan ortiq zahiralarining summalarini kamaytirilishiga;
boʻshab qolgan va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan qayta taqsimlashga, budjet mablagʻlari doirasida iqtisod qilingan, boʻshab qolgan va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash, shuningdek, oziq-ovqat, kommunal toʻlovlar, dori-darmon, qarzdorliklar va boshqa xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallariga tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan oʻzgartirishlar kiritishni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli (№ 03-03/1-4456) yigʻilish bayonida mahalliy budjetdagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hamda past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan budjet tashkilotlarining ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismiga shuningdek, qolgan qismini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda hal etilishi dolzarb boʻlgan tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilanganligi;
tuman mahalliy budjeti xarajatlarining 2025 yil yanvar — may oylari ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 120-moddasi 4-qismiga binoan 1 940 682.0 ming soʻm mablagʻlar maqbullashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mahalliy budjetga kiritilgan oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda tegishli budjet muassasalariga yetkazilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha” doimiy komissiyasi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi A. AXMADALIYEV
Andijon viloyati, Izboskan tumani,
2025-yil 7-noyabr,
VII-8-86-1-22-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.