Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyunda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2026-yil 9-iyulda rad etilgan «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-avgust,
2430-V-son