05.03.2026 yildagi VII-19-23-12-178-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangibozor tumanida joriy yilda “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari shahar Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil uchun Yangibozor tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Masharipov tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi X.Kazakov bilan birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Masharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror “Yangibozor koʻzgusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Atajanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ARTIKOVA DILBAR TURSUNBAYEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-23-12-178-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.