09.07.2026 yildagi 245-12-0-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati chegara maskanlarida fitosanitariya karantin va veterinariya nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qonunining 9 va 14-moddalari, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 311-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini hamda epidemik vaziyat barqarorligini taʼminlash uchun veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 10 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatda epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash, yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va hududlar boʻylab tarqalishining oldini olish, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek, ichki fitosanitariya sertifikatlari mavjudligini nazorat qilish hamda bu haqida elektron axborot tizimiga maʼlumot kiritish maqsadida Gurlan tumanidagi “Momokoʻpir” YPX, Urganch tumanidagi “Cholish” YPX, Tuproqqalʼa tumanidagi “Toshsoqa” YPX maskanlarida viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat tun-u kun faoliyat yurituvchi “Karantin nazorati” maskanlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (A. Shermuxamedov), viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (Sh. Abidov), viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (A. Urazbayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkor tashkilotlar oʻrtasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Karantin nazorati” maskani faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshni viloyatlardan yuqumli kasalliklari boʻlgan uy hayvonlari, jumladan chorva mollari va parrandalarning olib kirilishi va olib chiqilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, teri mahsulotlari kirib kelishini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hududiga chet mamlakatlardan va boshqa viloyatlardan kirib keladigan hamda karantin ostidagi tashqi bozorga chiqadigan eksportga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini doimiy nazorat qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, YPX xodimlari “Karantin nazorati” maskani xodimlariga avtotransport vositalarini ularni koʻzdan kechirish uchun tegishli tartibda toʻxtatishda koʻmaklashib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (A. Urazbayev), viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (Sh. Abidov) amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha umumlashgan maʼlumotlarni viloyat hokimligiga har haftada taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror “Xorazm haqiqati” gazetasida rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari U. Masharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi J. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-12-0-Q/26-son