XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Viloyat hududidagi “Urganch — Xiva” pulli avtomobil yoʻlida harakat tezligini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevraldagi PQ-54-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-fevraldagi maxsus qarori va 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori, shuningdek, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat muassasasining 2026-yil 26-iyundagi EK/08-1642-sonli va Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2026-yil 8-iyuldagi 56/10/6-5706-sonli xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-sonli Farmoniga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat muassasasining 2026-yil 26-iyundagi EK/08-1642-sonli va Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining 2026-yil 8-iyuldagi 56/10/6-5706-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-98-sonli Farmonining Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarining G bandiga asosan:
Urganch shahridan Xiva shahriga harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha:
Urganch – Xiva pullik yoʻlining 0-kilometri (D213 “Urganch sh. – Xonqa sh. – Hazorasp sh. – Toshsoqa orqali – Amudaryo – A-380 avtoyoʻli avtomobil yoʻli)dan pullik yoʻlning 1,3 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 70 km/soat;
Pullik yoʻlning 1,3 kilometridan – 31,8 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 130 km/soat;
Pullik yoʻlning 31,8 kilometridan – 32,0 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 110 km/soat;
Pullik yoʻlning 32,0 kilometridan – 32,2 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 90 km/soat;
Pullik yoʻlning 32,2 kilometridan – 33,9 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 70 km/soat;
Xiva shahridan – Urganch shahriga harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha:
Pullik yoʻlning 33,9 kilometridan – 33,4 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 70 km/soat;
Pullik yoʻlning 33,4 kilometridan – 1,06 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 130 km/soat;
Pullik yoʻlning 1,06 kilometridan – 0,9 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 110 km/soat;
Pullik yoʻlning 0,9 kilometridan – 0,7 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 90 km/soat;
Pullik yoʻlning 0,7 kilometridan – 0,0 kilometrigacha avtomobillar harakatlanish tezligi 70 km/soat etib belgilansin.
3. Viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (M. Xudayberganov), viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi (B. Radjapov) pullik yoʻlning tegishli qismlariga “130 yuqori tezlik cheklangan”, “90 yuqori tezlik cheklangan”, “110 yuqori tezlik cheklangan” “70 yuqori tezlik cheklangan” va “70 yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri” yoʻl belgilari oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
4. Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi (Oʻ. Matqurbanov) hamda “Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyati (S. Raximberganova) ushbu qarorni rasman eʼlon qilsin.
5. Ushbu qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S. Erjanova zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi A. RADJABOV
Xorazm viloyati,
2026-yil 28-iyul,
VII-24-88-12-0-K/26-son