XALQ DEPUTATLARI KO'KDALA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Koʻkdala tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov narxlari (tariflar)ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4845-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorining 8-bandi “a” kichik bandi, ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Koʻkdala tumani hokimi oʻrinbosari Oʻ. Abduraximovning 2026-yil 17-iyundagi 03-03/2090-sonli xati, Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari I. Muxammadiyevning 2026-yil 10-iyul kunidagi 01-01-20-240/10-3806/37-sonli xati va Ko'kdala tuman obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 16-iyun kunidagi № 01/235-sonli xati, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi VII-21-13-4-0-K/26-son qarori va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarorining 8-bandi “a” kichik bandi, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi VII-21-13-4-0-K/26-son qarori va Koʻkdala tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha Koʻkdala tumani hokimi oʻrinbosari Oʻ. Abduraximovning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Koʻkdala tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanganligini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M. Xoʻjayev va tuman hokimining oʻrinbosari Oʻ. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi A. KELDIYEV
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani,
2026-yil 16-iyul,
VII-26-80-4-224-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.