XALQ DEPUTATLARI GʼUZOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan Gʻuzor tumanidagi koʻcha nomlarini qayta nomlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 06-noyabrdagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi 05-19-19489-sonli ekspert xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16 oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Gʻuzor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Gʻuzor tumani hokimligi “Geografik obyektlarni nomlash qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi”ning taklifi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida”gi 05-19-19489-sonli ekspert xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 2202 ta geografik obyekt (koʻcha, berk koʻcha, tor koʻcha)lar nomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (M. Sherdanov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (B. Neʼmatov), tuman qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (S. Karimov), tuman davlat soliq inspektsiyasi (J. Xurramov), tuman statistika boʻlimi (O. Toʻxtayev), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Murodov), tuman davlat xizmatlari markazi (M. Qobilov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda Qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan koʻchalar nomlari boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. Gʻuzor tumani hokimining oʻrinbosari (F.Kichkinayev), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (B.Neʼmatov), tuman qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (S. Karimov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshligʻi (M. Sherdanov), tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan koʻcha nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDST texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil qilsin.
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Tuman hokimligi matbuot xizmati (T. Mirzayev)ga mazkur qarorni tuman hokimligi rasmiy veb-saytida joylashtirish vazifasi topshirilsin.
7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi oʼrinbosari (R. Abdullayev ), ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (U. Abdurasulov) hamda tuman hokimi oʻrinbosari (F. Kichkinayev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi K. JUMAYEVA
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani,
2026-yil 6-iyul,
VII-17-50-4-56-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.