QASHQADARYO VILOYATI KITOB TUMANI HOKIMINING
QARORI
Kitob tumani hududidagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisida
Kitob tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasiga tegishli boʻlgan umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida transport vositalarining harakatlanishiga qulaylik yaratish, avtomobillar qatnovini tartibga solish, texnika xavfsizligini taʼminlash, tirbandliklarning oldini olish hamda aholi va tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi birinchi qismiga asoslanib, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Kitob tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi (S. Shukurov)ga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan quyidagi avtomobil yoʻllariga tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish yuklatilsin:
D-160 “Kitob-Shahrisabz” avtomobil yoʻlining 2-3 km oraligʻida, Qishloq xoʻjaligi binosi roʻparasiga, Tuman madaniyat saroyi binosi oldiga hamda Samarqand yoʻnalishidagi avtoturargoh oldiga 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgilari;
70V 002 “Rusqishloq-Makrid-Qopqonyogʻoch” avtomobil yoʻlining 0 — 13 km oraligʻida ogʻir turdagi yuk mashinalari harakatini cheklash uchun 3.12 (9 tn) “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” yoʻl belgilari;
70V 068 “Kitob-Beshterak-Dodiq” avtomobil yoʻlining 12-kilometridan 70V 006 “Beshterak-Makrid” avtomobil yoʻliga burilish va “Navroʼz” MFY yoʼliga borish qismiga 3.12 (9 tn)“Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” yoʻl belgilari;
70V 033 “Varganza-Hazrati Bashir” avtomobil yoʻlining 17-kilometriga avtobus va tirkamali transport vositalarining harakatini taqiqlovchi 3.1 “Kirish taqiqlangan” hamda 7.4.2 va 7.4.4 “Transport vositasi turi” qoʻshimcha axborot yoʼl belgilari;
70V 034 “Kitob-Miraki” avtomobil yoʻlining 2-kilometri 500-metrida (piket 2+500) hamda 11 — 14 — 25 km oraliqlarida ogʻir turdagi yuk mashinalari harakatini cheklash uchun 3.12 (9 tn) “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” yoʻl belgilari, shuningdek, tegishli axborot-koʻrsatkich va qoʻshimcha axborot yoʼl belgilari.
70V 003 “Kitob-Alaquyliq” avtomobil yoʻlining 0-kilometrida ogʻir turdagi yuk mashinalari harakatini cheklash uchun 3.12 (9 tn) “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” yoʻl belgilari, shuningdek, tegishli axborot-koʻrsatkich va qoʻshimcha axborot yoʼl belgilari.
70V 002 “Rusqishloq-Makrid-Qopqonyogʻoch” avtomobil yoʻlining 4-kilometridan Chechak qishlogʼiga kirish (70V 003 “Kitob-Alaquyliq) avtomobil yoʼli tomon ogʻir turdagi yuk mashinalari harakatini cheklash uchun 3.12 (9 tn) “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” yoʻl belgilari;
3. Tuman IIB YHXB (M. Sultonov)ga yuqorida koʻrsatilgan avtomobil yoʻllarida tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilishi munosabati bilan yoʻllarda tirbandliklarning oldini olish, aholi va texnika xavfsizligini taʼminlash hamda avtomobillar qatnovini tartibga solish boʻyicha nazoratni kuchaytirish topshirilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Kitob tumani hokimi R. GʻAFUROV
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2026-yil 1-avgust,
256-4-62-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.