XALQ DEPUTATLARI DEHQONOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Dehqonobod tumanida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Dehqonobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish taklifi boʻyicha Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari O. Boyto`rayevning axboroti eshitildi.
Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorning 8.a-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tumanlar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilgan.
Bunda, chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilangan.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʻminlash maqsadida hamda Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari O. Boyto`rayevning taklifini koʻrib chiqib, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosi yuzasidan Dehqonobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish taklifi boʻyicha Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari O. Boyto`rayevning axboroti hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 23-iyundagi DKQ 03-01/48-26-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tariflar ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Chiqindilarni olib chiqishda toʻlov tarifi hamda chiqindilarni boshqarishda tuman obodonlashtirish boshqarmasi (O. Boyto`rayev), Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Dehqonobod tumani boʼlimi (Oʻ. Joʻlliyev) tuman tibbiyot birlashmasi (A. Egamshukurov), tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi (B. Joʻrayev) tuman hokimligi bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariyaekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasi (B. Boltayev) zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qaror “Dehqonobod ovozi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi Z. SALIMOVA
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani,
2026-yil 27-iyul,
VII-26-94-4-57-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.