XALQ DEPUTATLARI MARHAMAT TUMANI KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan geografik obyektlarni nomlash, oʻzgartirish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 6-iyundagi 03/08-6163-sonli xati va Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi ekspert xulosasi hamda Marhamat tumani hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2026-yil 7-iyuldagi 01/265-sonli tumanning 48 ta mahallasi tarkibidagi mavjud, yangi shakllangan nomsiz koʻchalarga nom berish, bir xil hamda milliyligimizga mos kelmaydigan nomdagi koʻchalar nomlarini oʻzgartirish, ularni elektron xaritada aniq va sifatli shakllantirish boʻyicha jami 1342 ta koʻcha hamda 1 ta qabristonga nom berish toʻgʻrisida taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son Qonuni 10-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Marhamat tumani hokimligi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasi raisining taklifi hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 6-iyundagi 03/08-6163-sonli xati va Geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi ekspert xulosasi asos va maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Marhamat tumani hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyaning 2026-yil 7-iyuldagi 01/265-sonli qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumanning 48 ta mahallasi tarkibidagi mavjud, yangi shakllangan nomsiz koʻchalarga nom berish, bir xil hamda milliyligimizga mos kelmaydigan nomdagi koʻchalar nomlarini oʻzgartirish, ularni elektron xaritada aniq va sifatli shakllantirish boʻyicha jami 1342 ta koʻcha hamda 1 ta qabristonga nom berish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, tuman soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman davlat xizmatlari markazi va boshqa tegishli mutasaddi davlat tashkilotlari va organlari birgalikda:
tumandagi qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan 48 ta mahalla tarkibidagi mavjud, yangi shakllangan nomsizkoʻchalarga nom berish, bir xil hamda milliyligimizga mos kelmaydigan nomdagi koʻchalar nomlarini oʻzgartirish, ularni elektron xaritada aniq va sifatli shakllantirish boʻyicha jami 1342 ta koʻcha hamda 1 ta qabristonga nom berish boʻyicha ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. Marhamat tumani hokimining oʻrinbosari A. Maxamatov, Oʻzbekiston miahallalar uyushmasi tuman boʻlimi rahbari I. Teshaboyev, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali rahbari O. Xamroqulov, tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi rahbari X. Obidjonov, tuman statistika boʻlimi J. Abdukarimov, tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi A. Oʻrinovlar qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan 1342 ta koʻchalar va 1 ta qabriston nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi OʻzDSt texnik shartlariga javob beradigan peshlavhalar yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etsinlar.
5. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy byudjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Marhamat tumani Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi (Oʻ. Qurbonova)ga 10 kun muddatda:
ushbu qaror nusxasini geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha viloyat komissiyaga yuborish;
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 1342 ta koʻchalar va 1 ta qabriston nomlarini davlat reyestriga kiritish uchun tegishli hujjatlar taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (E. Joʻrayeva) mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda tuman hokimligi rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilsin.
8. Ushbu qarorning ijrosi tuman hokimining oʻrinbosari A. Maxamatovga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Xamdamov) zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi A. MUSURMONKULOV
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
2026-yil 12-avgust,
VII-24-83-1-24-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.