12.08.2026 yildagi VII-24-81-1-19-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Boʻston tumani markaziy koʻchalari boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarorining 8-bandiga muvofiq hamda Boʻston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari boʻyicha iqtisodiy asoslangan tarif hisob-kitoblarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boʻston tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tariflar Obodonlashtirish boshqarmasi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar hajmi amalda bajarilgan ishlar boʻyicha aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻston tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi X. Norboyevga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markaziy koʻchalari boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarni tasdiqlangan tariflar asosida koʻrsatish, chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar hajmi, hisob-kitoblar va tushumlarning shaffof yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish jarayonida sanitariya-ekologik talablar hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror ijrosini muvofiqlashtirish, tariflarning qoʻllanilishi va xizmatlar sifati yuzasidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat tugʻilganda xizmatlar uchun belgilangan tariflarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashiga kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Boʻston tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari-Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi X. Norboyevga, nazorat qilish xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Mamarizayev) hamda Kengash kotibiyati zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi M. TUYCHIYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-81-1-19-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.